Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Rossiya bilan hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi, deya xabar qildi “RBK”.
Prezident Vladimir Putin Tojikiston rahbari Emomali Rahmonni III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi, bu haqdagi tegishli farmon Rossiya huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.
“Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun”, — deyiladi Rossiya prezidenti farmonida.
2017-yilda Putin xuddi shunday xizmatlari uchun Emomali Rahmonni Rossiyaning yana bir mukofoti — Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan edi.
Izoh (0)