“PSJ” hujumchisi Lionel Messi parijliklar bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapti, deya xabar beradi Chempionat nashri.
Oldinroq Messi Fransiyaga moslashgani va futboldan zavqlanayotganini aytib o‘tgandi. Shundan so‘ng “Barselona” Leoni ortga qaytarishga harakat qilayotgani xabar qilingandi.
Messi 2021-yil yozidan buyon parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Argentinalikning amaldagi shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan.
35 yoshli hujumchi 2022/23-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)