Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi “Barselona” prezidenti Xoan Laportaga jamoaga qaytishi mumkinligini xabar qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Argentinalik ushbu haftada “Barselona” rahbari bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Laporta 2021-yil yozida klub unga yangi shartnoma taklif qila olmagani uchun “PSJ”ga o‘tishga majbur bo‘lgan Messi bilan vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqda.

Argentinalik jurnalist Serxio Gonsales xabar berishicha, Laporta Messidan uzr so‘ragan.

Shuningdek, Leoning ortga qaytishida jamoa bosh murabbiyi Xavi asosiy rolni o‘ynashi mumkinligi ta’kidlandi.

Messi Laportga hozirda faqat Jahon Chempionati haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgan. Musobaqadan so‘ng “Barselona”ga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqchi.

35 yoshli hujumchi joriy mavsum “PSJ” safida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Avvalroq Messi  “ko‘k-anorranglilar”dan 2020-yilda shartnoma imzolaganlik uchun 10 million yevro bonus, pandemiya davrida maoshlar qisqargani uchun kompensatsiya va tovon pulini 10 ming yevro bo‘lishini so‘ragani, shuningdek, o‘z oilasi va Luis Suaresning oilasi uchun “Kamp Nou”dan shaxsiy loja va Rojdestvo arafasida oilasi bilan Argentinaga uchishi uchun charter reys talab qilgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgani xabar qilingandi.

Kataloniyaliklar esa Messi bilan muzokaralarga oid hujjatlarni tarqatgan nashrga qarshi ish ochmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)