O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “Ural” klubi futbolchisi Oston O‘runov uylandi.
Yarim himoyachining to‘yi 28-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan.
Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentabr oyidagi yig‘iniga jalb qilingandi.
21 yoshli futbolchi 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Kamerunga qarshi o‘yinda (2:0) maydonga tushdi. To‘yi tufayli 27-sentabrda o‘tkazilgan Kosta-Rikaga qarshi bahsni (1:2) o‘tkazib yubordi.
Izoh (0)