Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining sentabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
To‘rt nafar futbolchi ushbu nom uchun kurash olib boradi.- Dilshod Saitov (“Nasaf”) — 2 o‘yin, 1 gol, 1 golli uzatma;
- Yovan Jokich (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 93 aniq uzatma, 10 yakkakurashda g‘olib, 10 marta to‘pni egallab olib, raqib hujumini to‘xtatish;
- Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 1 gol, 2 golli uzatma, 21 yakkakurashda g‘olib, 16 marta to‘pni egallab olib, raqib hujumini to‘xtatish;
- Marko Stanoyevich (“Nasaf”) — 2 o‘yin, 2 golli uzatma, 66 aniq uzatma, 6 yakkakurashda g‘olib, 10 marta to‘pni egallab olib, raqib hujumini to‘xtatish.
Shuningdek, oyning eng chiroyli golga da’vogarlar ham ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq sentabrning eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilingandi.
Izoh (0)