Sirdaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar u Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bundan avval Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Otabek Nosirov Yangiyer shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)