“PSJ” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga shart qo‘ydi.
Argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Xoan Laportaga himoyachi Xerard Pike kataloniyaliklar safini tark etsagina Ispaniyaga qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Messi “Barselona”dan ketganidan so‘ng ular o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Xabar qilinishicha, Pike Xoan Laporta bilan shaxsiy suhbatda argentinalikning ketishini talab qilgan.
Avvalroq Pike jamoaning 35% o‘yinlarida maydonga tushmasa, “Barselona” u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘lishi aytilgandi. Qolaversa Xerard joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlash ehtimoli ham yo‘q emas.
Messi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq bo‘lmasa-da, bu “PSJ”dagi so‘nggi mavsumi ekani katta ehtimol. Leo parijliklar bilan iyul oyida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
35 yoshli futbolchi 2022/23-yilgi mavsum “PSJ” safida 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)