Argentina terma jamoasi Lionel Skaloni bilan ishlashda davom etadi.
44 yoshli mutaxassis “albiseleste” bilan shartnomasini JCH—2026 yakuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Chiki Tapia xabar berdi.
Skalonining amaldagi shartnomasi 2022-yilning 31-dekabriga qadar mo‘ljallangan edi.
Argentina terma jamoasi Yamaykaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 35 taga yetkazdi.
Skaloni 2018-yil avgust oyidan buyon terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)