Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan litsenziyasini O‘zbekiston Professional futbol ligasiga (PFL) taqdim etdi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
PFL “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramovning Pro litsenziyasining vaqti tugaganligi sababli Superliganing 20-turiga qadar yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt bergandi. Samarqandliklar 2022-yil 26-sentabrda ushbu vazifani bajardi.
Avvalroq Abramov Samvel Babayan va Mirjalol Qosimov Superliga jamoalari sonini 16 taga yetkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlagani, shundan so‘ng mutaxassis va PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, murabbiy avgust oyi boshidan buyon “Dinamo”ni boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)