• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda

    Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, ko‘p qavatli uylarning lifti eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolganini, bundan ko‘pchilik aziyat chekayotganini, ishlab turgan liftlar ham to‘xtatib qo‘yilayotganini aytmoqda. “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida Navoiy shahrida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    2022-yilning 23-sentabr kuni soat taxminan 23:00 dan keyin Navoiy shahriga yetib borgan muxbir ko‘p qavatli uylar lifti ishlamayotgani, ayrimlari faoliyati umuman to‘xtatilganiga guvoh bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Liftlar peshtoqida o‘rnatilgan yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, Nurafshon, Zarafshon ko‘chalarida joylagan 10 dan ortiq to‘qqiz qavatli uylar lifti xizmatini yo‘lga qo‘yish va ularni nazorat qilish “Navoi Comfort Citi PBK” mas’uliyati cheklangan jamiyati zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    Bildirilishicha, shaharning qariyb to‘rt mingdan ortiq aholisi liftli uylardan foydalanadi. Liftlarga xizmat ko‘rsatish to‘lovi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining majburiy badali tarkibiga kiritilgan.

    Foto: “Daryo”
    Majburiy badal pullarini muammosiz to‘laymiz. Ammo liftlar ishlamasligi odatiy holga aylanib qoldi. Aslida ko‘nikib bo‘lmaydigan achinarli holga ko‘nib yashashga majburmiz. “Bahor” mahallasiga qarashli to‘qqiz qavatli uylarning sakkizinchi qavatida yashayman. Keksalar, yosh bolali qo‘ni-qo‘shnilarimiz juda qiynalishadi. Ularning orasida nogironlar ham bor. Qachon liftlar “kasal”liksiz ishlaydi?,— deydi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi vakillaridan biri.

    Foto: “Daryo”

    Aholining ma’lumot berishicha, liftlar kechki payt soat 22:00 —23:00 dan keyin batamom to‘xtatib qo‘yiladi.

    Manzura Haydarova.

    Manzura Haydarova.
    Foto: “Daryo”
    Pulini oyma-oy to‘layotgan bo‘lsak. Ishonsangiz, mustaqillik kunlarida besh kun bayram ta’tili berilgan bo‘lsa, besh kun ham lift ishlamadi. Lift eskirib, allaqachon yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bizni tinglaydigan, og‘irimizni yengil qiladigan tashkilot bormi o‘zi? — deydi Nurafshon ko‘chasidagi 105-uyda yashovchi fuqaro Manzura Haydarova.

    Foto: “Daryo”

    Fuqarolarning aytishicha, shahardagi ko‘p qavatli uylar liftida odamlar qamalib qoladi.

    Foto: “Daryo”
    Maktabdan qaytgan bolalar liftlarda qolib ketyapti, “liftyor” yetib kelguncha, bolalar yig‘lab, shovqin ko‘tarishadi. Qo‘rqqanidan ko‘karib ketgan bo‘ladi. Har kuni ishdan charchab qaytamiz. Ba’zan kechki soat 21:00 larda, ba’zan undan kech yoki oldinroq. Lift ishlamasligi bois yuqori qavatgacha piyoda chiqishga to‘g‘ri keladi. Bozor-o‘charlar bilan ayniqsa, ko‘tarilish judayam qiyin. Kechki payt-ku, mayli, yoz kunlari ham peshin tig‘i soat 14:00 dan 17:00 gacha liftning temirlari qizib ketadi, deb to‘xtatib qo‘yishadi. Liftlarni yangilash yoxud ishlash mexanizmini oshirish vaqti kelmadimikan?, — deydi to‘qqiz qavatli uyda yashovchi fuqaro Husnobod O‘tayeva.

    Husnobod O‘tayeva.

    Husnobod O‘tayeva.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘p qavatli uyning 5-qavatida yashovchi fuqaro Nodira Samandarovaning aytishicha, u 12 yildan buyon shu manzilda yashab keladi. Liftlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati uy-joy kommunal boshqarmasiga qarashli paytlarda uzluksiz ishlagan. Shirkatlarga aylantirilgach esa e’tiborsiz qolgan.

    Foto: “Daryo”
    Odamlar qamalib qolishadi. Zinalardan terlab-pishib tushib chiqadi. Eng qizig‘i, pulini to‘laysiz, ammo liftdan to‘liq foydalana olmaysiz. Lift xizmati me’yorlariga to‘g‘ri kelarmikan shu tartib? Juda ko‘p marotaba mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilganmiz — foydasiz. Achinarlisi qariyb 15 dan ortiq “dom”lar liftiga bittagina “liftyor” qaraydi. Uyam chaqirgan paytimizda velosipedda keladi. Shuning ham boriga shukur qilamiz. Yetib kelgunicha oradan kamida 40 daqiqa yoki bir soat vaqt o‘tadi. Endi liftda qamalib qolgan odamning holini tasavvur qilavering, — deydi Nodira Samandarova.

    Nodira Samandarova.

    Nodira Samandarova.
    Foto: “Daryo”

    “Liftyor” (lift ustasi) Istam Quvonchev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda aslida odamlarning o‘zi lift xizmatidan juda qo‘pol foydalanishini, bolalar tomonidan esa uning “o‘yinchoq” qurilmaga aylantirib yuborilgani haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”
    Asabni qaqshatib yuboradi. Bu tomoni haqida esa gapirishni istashmaydi. Bolalari oyoq kiyimlarini liftning ikki eshigi orasiga tiqib qo‘yishadi, o‘zlari podyezdlarda turib, lift tugmalarini bosib yuborishadi. Devorlariga uyatsiz so‘zlar yozadi. Bundan tashqari, kechki soat 23:00 dan keyin liftlarning to‘xtatib qo‘yilishining sabablari ham yo‘q emas. Ushbu liftlar yangi emas, eskirgan. Yarim kechasi buzilib, lift ichida odam qolib ketsa, shuncha uzoq manzilga velosipedda borib, uni tuzatib qaytishning o‘zi bo‘ladimi?, — deydi Istam Quvonchev.

    Foto: “Daryo”

    “Liftyor”ning aytishicha, odamlar uyini ta’mirlash uchun olgan qurilish materiallarini ham liftda olib chiqadi. Eshiklari yopilib qolsa, uni majburlab ochadi. Natijada kuchlanish ortib, liftning motori yoki boshqa qurilmalari ishdan chiqadi.

    Foto: “Daryo”
    “Navoi Comfort Citi PBK” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nodir Mahammatovning so‘ziga ko‘ra, liftlar kechki vaqtlarda faol harakatda bo‘lgan paytlarda turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lgan.
    Kompaniyamiz 70 ga yaqin ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadi. Shundan 11 ta liftli uylarimiz bo‘lib, 12 ta lift xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu ko‘p qavatli uylar galarey usulida qurilgan bo‘lib, shunga ko‘ra, liftlar ham eski. Ular asta-sekin yangilanib borilmoqda. Hozirgacha eski uylarda to‘qqizta lift yangilandi. Odamlarning ham lift qurilmasiga munosabatini o‘zgartirish kerak, deb o‘ylayman. Shu o‘rinda, kechki lift xizmatidan foydalangan yoshlarning axloqsizliklari ustidan chiqib qolganimizni, o‘g‘irliklar sodir etishganini yashirmayman, — deydi rahbar.

    Foto: “Daryo”
    Xonadon vakillari ham odamlarning liftlarga bo‘lgan munosabatini qoralamoqda.
    Tan olish kerak, odamlarning ham qurilmaga munosabati yaxshi emas. Liftning ichki va tashqi raqamlarini sindirishgan, qirib tashlashgan. Hatto axlatlar ham tashlab ketgan paytlari bo‘lgan. Bularni, albatta, aholining o‘zi ham nazoratga olishi kerak. Aholining o‘zida tozalik bo‘lmasa, uyam qiyin masala, — deydi Nodira Samandarova.

    Foto: “Daryo”

    “Aslida, hamma gap — mahallada. Holatga mahalla mutlaqo e’tiborsiz. Odamlar bilan yig‘ilish o‘tkazib, ularga liftlar xizmatidan foydalanish hamda axlatlarni istalgan joyga tashlab ketmaslik haqida to‘g‘ri tushunchalar berishi zarur. To‘g‘ri, odamlar maslahatga muhtoj emasmiz, degan iddao ko‘rsatishi mumkin, biroq, Navoiy shahriga turli viloyatlardan, shaharlardan turlicha odamlar ishlagani kelishadi, ijarachilar judayam ko‘p. Shularning evaziga tushuntirish ishlarini kuchaytirish va ularga bu talablarni qo‘ya bilish zarur, deb o‘ylayman, — deydi Valentina Valentinova.

    Yigirma yildan ortiq vaqtdan buyon liftli uyda yashab kelayotgan nafaqadagi jurnalist Baqo Saidov ushbu lift aslida, odam tashishga emas, yuk tashishga mo‘ljallangan ko‘tarma ekanini bildirgan.

    Baqo Saidov.

    Baqo Saidov.
    Foto: “Daryo”
    Ilgarigi lift bunday ahvolda emas edi. Yigirma yilcha oldin uyning yuqori qavatlarini ta’mirlash uchun og‘ir yuklar, metall va sement kabi qurilish materiallarini olib chiqishlariga to‘g‘ri keldi. Shunda amaldagisi yuk liftlariga almashtirildi. Shu bilan kunimiz qo‘rqinchli, ustiga-ustak ishlamaydigan liftda qolib ketdi. Odam tashuv lifti bunaqa “taqar-tuqur” ovoz chiqarmaydi. Juda ko‘p marotaba yopilib qoladi. Ichkariga bola ham, xotin-xalaj ham qolib ketadi. Muammoning boshqa bir jihati ham bor. Talab qilsang, liftlar ichida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi, yoshlar fohishabozlik qilishyapti, degan vaj keltirishadi. Go‘yoki shu vajlar bilan ko‘targichlar to‘xtatib qo‘yilgan. Bu boshqaruv kompaniyaning uquvsizligidan dalolat, xolos. Ko‘p qavatli uylarda lift xizmati to‘xtatib qo‘yilmasligi kerak. Ortiqcha iddaolarni keltirish rahbarlarga yarashmaydi. Aholi ushbu noqulayliklardan anchadan beri aziyat chekib kelmoqda. Eski liftlar qachon yangisiga almashtiriladi? Ular shu masalani hal qilishi kerak, bo‘ldi, — deydi Baqo Saidov.

    Foto: “Daryo”

    “Liftyor” odamlar uning qadriga yetmayotganini aytmoqda.

    24 soat ishlab beraman, lekin odamdek qadrim yo‘q. Qadrimga yig‘layman. Xorijga chiqib ketishga rozi bo‘lyapman. 24 soat ishlagan vaqtimda ham menga sakkiz soat ish haqi to‘lanadi. Odamlar shuni tushunmaydi. Shahardagi 16 ta “dom” liftlariga xizmat ko‘rsataman. Kun davomida qilgan mehnatim evaziga 1,5 million so‘m maosh olaman, — deydi “liftyor”.
    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    26.09.2022, 20:58   Izoh (0)   35328
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasi ustidan nazorat kuchaytiriladi

    26.09.2022, 20:40

    Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi (foto)

    26.09.2022, 20:31

    “Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi

    26.09.2022, 20:10

    Indoneziya Ulamolar kengashi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga ko‘maklashadi

    26.09.2022, 19:52

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    Shavkat Mirziyoyev Putinga ta’ziya yo‘lladi

    26.09.2022, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.