Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Mirobod tumani Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 26-sentabr kuni soat 16:40 da Nukus ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchilar:- 1996-yilda tug‘ilgan N.F. boshqaruvidagi Toyota;
- 1998-yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Nexia-2;
- 1986-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Spark;
- 2000-yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Labo transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Spark haydovchisi J.J. hamda Labo haydovchisi N.A. tan jarohati olgan, voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari kelib, birinchi yordam ko‘rsatgan. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)