Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qator topshiriqlar berdi.
Xususan,
- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;
- Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;
- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.
Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qo‘mitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Izoh (0)