• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yerning xususiy bo‘lishi o‘zbekistonliklarga nima beradi? — mutaxassis tushuntiradi

    O‘zbekiston konstitutsiyasining amaldagi 55-moddasini “Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin” sifatida o‘zgartirish taklif etilmoqda.

    Uzoq yillar mobaynida O‘zbekistonda yerga nisbatan xususiy mulkchilikning to‘laqonli joriy etilmagani haqiqiy mulkdorlar qatlamining yetarlicha shakllanmasligiga, yerning haqiqiy tovar sifatida bozor muomalasiga kiritilmasligiga hamda xorijiy investorlarning milliy iqtisodiyotga nisbatan ishonchi pasayishiga olib keldi.

    Ya’ni boshqacharoq aytganda, bozorda aslida yer qimmat-u, ammo rasman uning hech bir qiymati yo‘q. Tadbirkor o‘z yerini na garovga qo‘ya oladi, na uni tovar sifatida biznesida aks ettira oladi. Bunday tizim xalq tilida aytganda “qora bozor”ning kuchayishiga, noqonuniy yer oldi-sotdisining urchib ketishiga sabab bo‘ldi.

    Xo‘sh, nima qilish kerak? Yer qimmatbaho resurs ekanligini tan olish kerakmi yoki hech narsa bo‘lmaganday bo‘layotgan ishlarga ko‘z yumish? Birinchi yo‘l tanlandi. Konstitutsiyada yerga nisbatan xususiy mulkchilik belgilanmoqda. Shu xususida Toshkent davlat yuridik universiteti professori Vosit Ergashev “Daryo”ga o‘z mulohazalarini bildirdi.

    Cheklangan miqdorda bor

    Xalq muhokamasiga qo‘yilgan konstitutsiyaviy qonun loyihasida juda ham ko‘p e’tiborga molik o‘zgarishlar bor. Ularning orasida, mening nazarimda, eng muhimi aynan mana shu mamlakatimizdagi iqtisodiy munosabatlarga ham o‘ziga xos bir ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilishga yo‘naltirilgani, bu yerning xususiy bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidadir. Albatta, bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti tom ma’noda, haqiqiy qonuniyatlar asosida rivojlanyapti. Demak, bugun biz turli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni ko‘rishimiz mumkin. Asosiy g‘oya bu yerda erkinlashtirish, iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish. Ko‘proq haqiqiy bozor tamoyillarini joriy etishga qaratilgan islohotlar ketyapti. Yana yerning xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi bevosita konstitutsiyada ifoda etilishi ham aynan mana shu hozirgi bo‘layotgan tub o‘zgarishlar bilan o‘ziga xos hamohanglikni tashkil qiladi.

    Savol tug‘ilishi mumkin, “Shu kunga qadar bizda yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulk yo‘q edimi?”, deb. Albatta, unday emas. Cheklangan doirada, darajada bo‘lsa-da, bizning milliy qonunchiligimizda “yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin” degan qoidalar bor edi. Ayniqsa, bu savdo-xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan binolar ostida joylashgan uchastkalar xususiy mulk bo‘lishi mumkin. Keyinchalik u yana kengaydi, lekin konstitutsiyaviy darajada bu narsa e’tirof etilmagan, tan olinmagan edi. Amaldagi konstitutsiyamiz 1992-yilda qabul qilingan. 1992-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, o‘sha paytda ushbu masalani qabul qilish aholi darajasi nuqtayi nazaridan qaraganda ham bu konstitutsiyada belgilanmagan va aynan, muayyan vaqt, davr o‘tishini ham qaysidir ma’noda talab qilar edi. Shu nuqtayi nazardan bugungi kunda, ayni damda konstitutsiyaviy qonun loyihasida mazkur normaning kiritilishi, albatta, bu birinchi galda iqtisodiy hayotimizga ham, ijtimoiy hayotimizga ham o‘zini ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.

    Nima uchun konstitutsiyaga kiritilishi kerak?

    Endi, “Nima uchun buni albatta konstitutsiyada ifoda etish kerak?” degan savol ham bo‘lishi mumkin. Bu savolga javob berish uchun biz eng avvalo “Konstitutsiya bu qanday hujjat?” degan savolga javobni izlashimiz kerak. To‘g‘ri, konstitutsiyani biz asosiy qonun deymiz, konstitutsiya bu muhim yuridik hujjat, lekin shu bilan birgalikda konstitutsiya bu birinchi galda siyosiy hujjat. Yana bir muhim jihati bor, mafkuraviy hujjat hamdir. Davlatimizning eng muhim, aynan turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-muddaolarini ifoda etadi. Strategik vazifalarni belgilab beradi. Konstitutsiyamizdagi muayyan mavjud bo‘g‘inlarga qarab, davlatimizning turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha siyosatiga ham baho beriladi. Aynan shu nuqtayi nazardan yerning xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi konstitutsiyamizda belgilanishi bu muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Aynan mana shu masalaning ushbu jihatiga joriy yil 20-iyun kuni hurmatli yurtboshimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazganlarida ham boshqa ko‘plab masalalar qatorida alohida urg‘u qaratdilar, va yerni “xususiy mulk” deb konstitutsiyaga yozish, uni ifoda etish vaqti keldi, degan bir fikrni aytib o‘tdilar. Mening nazarimda, bu juda ham qat’iy siyosiy irodani namoyish etdi va, o‘ylaymanki, aynan o‘sha g‘oya bugungi kunda konstitutsiyaviy qonun loyihasida aynan shu ko‘rinishda, mazmunda o‘z ifodasini topganligi. Bu mamlakatimizdagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga, yangi o‘sish nuqtalarini paydo qilishga olib keladi.

    Yerning xususiy mulk bo‘lishi oddiy hayot nuqtayi nazaridan qanday ta’sir qiladi? Eng avvalo, hozirgi kunda amaldagi mavjud holatdan qanday o‘zgarishlarga olib keladi? Shu kesimda fikr yuritadigan bo‘lsak, masalan, sizga tegishli bo‘lgan har qanday narsani o‘zingiz xohlagan vaqtda sotishingiz, egalik qilishingiz, foydalanish imkonini beradi.

    Yangi mulkiy imkoniyat

    Shu kunga qadar uyimiz, uy-joyimiz joylashgan yer uchastkalarining birortasiga nisbatan aynan mulk huquqi asosida egalik qilishimiz nazarda tutilmagan edi. Men yuqorida aytgan, cheklanganlarni hisobga olmaganda, aksariyat hollarda shunday bo‘lgan. Va bu holat bizda mulkdor sifatidagi huquqlarimizni amalga oshirishga, to‘laqonli amalga oshirishga qaysidir ma’noda to‘sqinlik qiladi.

    Yerning xususiy mulk sifatida berilishi bizga birinchi galda o‘z xohishimiz bilan, o‘z manfaatimizni ko‘zlab bizga tegishli bo‘lgan yer uchastkasidan va unda joylashgan barcha bino va inshootlardan foydalanish, egalik qilish va, eng muhimi, tasarruf etish huquqini beradi. Yer — bu muhim iqtisodiy resurs. Birinchi galda tabiiy resurs, lekin ikkinchi galda bu iqtisodiy resurs. Bizning mamlakatimizga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan ko‘plab xorijiy investorlar ham beradigan birinchi savol: “Yerga nisbatan mulkchilik masalasi qanday hal etilgan?” — deydi. Yer nihoyatda ishonchli garov predmeti ham hisoblanadi. Agar yer xususiy mulk bo‘lmasa, uni to‘laqonli fuqarolik muomalasiga kiritish imkoni bo‘lmaydi. U bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish imkoniyati bo‘lmaydi, uni garovga qo‘yish mumkin emas. Endilikda yerga to‘laqonli xususiy mulk rejimi tatbiq etilsa, aynan mana shu yerga nisbatan bo‘lgan fuqarolik huquqiy munosabatlar oldi-sotdisi, garovga qo‘yish, yerni to‘laqonli meros asosida qoldirish mumkin. Hozir yerni meros qoldira olmaysiz, yerga bo‘lgan huquqlarni, u yoki bu turdagi huquqlarni meros qoldirishingiz mumkin. Mana shularga imkoniyat ochiladi. Shunday imkoniyat yaratiladi. Demak, siz yerga nisbatan to‘laqonli mulkdorlik huquqlarini amalga oshirishni qo‘lga kiritasiz — bu bir. Ikkinchisi — har bir fuqaroning yeri o‘ziga xususiy mulk asosida tegishli bo‘ladigan bo‘lsa, “kreditga layoqatli” degan tushuncha bor, mana shu kreditga layoqatlilik oshadi. Ya’ni, yerni kredit olsa, garov sifatida qo‘yish mumkin. Yuqorida aytganimdek, bu nihoyatda ishonchli garov predmeti. Mana bu ham fuqarolarimizning kundalik hayotida, aynan yer bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda o‘ziga xos bir o‘zgarishlarga olib keladi.

    “Snos”lar batamom barham topadi

    Bugungi kundagi ko‘plab xalqimizni o‘ylantiradigan savollardan biri — “snos” masalasi. Oxirgi 3-4 yilda bu ijtimoiy tarmoqlarda birinchi raqamli kun mavzulariga aylanib ulgurdi. Endi “snos” bilan bog‘liq bo‘lgan masalada  mana shu yil qabul qilingan qonun to‘g‘risida aytib o‘tmoqchi edim. “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Nasib etsa, 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi. Qonunni qabul qilish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar bor va ularning ko‘pchiligi amaliyotdagi muammolarni yechishi, agar qonun to‘g‘ri, yozilgandek ishlaydigan bo‘lsa, amaliyotda muammolar yuzaga kelmasligi kerak. Ya’ni shu kunga qadar to‘planib kelgan muammolar o‘z yechimini topdi. Endi baribir savol yuzaga kelaveradi “Yer xususiy mulk bo‘lgani bu jarayonga qanday ta’sir o‘tkazadi?” deb. Agar shu qonun talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak ham, bundan oldin qabul qilingan normativ hujjatlardagi tartiblardan kelib chiqadigan bo‘lsak ham, agar yer sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladigan bo‘lsa, uni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi ham o‘zgacha. U faqat sizning roziligingiz bilan bo‘ladi. Dastlab sizning yozma roziligingiz olinadi, ana undan keyin siz bilan yer uchastkasini oldi-sotdi shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar boshlanadi. Ya’ni sizning roziligingiz asosida siz bilan yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon yuzaga keladi. Buning faqatgina bir sharti — yer sizga xususiy mulk sifatida tegishli bo‘lishi kerak. Nima demoqchiman, qarorni olib kelib, “Mana shu qaror bo‘ldi. Siz yer uchastkangizni endi xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham bizga berasiz” degan masalani qo‘ya olmaydi. Mana shu eng muhim o‘zgarishlar.

    Buning faqatgina bitta sharti, yana bir bor aytaman, qachonki yer xususiy mulk asosida shaxsga tegishli bo‘lsa, mana shu tartib amal qiladi.

    Mavzuga doir:

    • “Konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan mustahkamlanmagan jarayon bizga bir qancha muammolar tug‘dirdi” — huquqshunos Zafarbek Solijonov “snos”lar haqida
    • “Qonunlar ijrosidagi eng yoqimsiz holat bu to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita emas bilvosita ishlashidir” — advokat Bahodir Ahmedov konstitutsion islohotlar haqida
    • Milliy va xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini muhokama qildi
    • “Konstitutsiyaga bitta normani kiritib, hayotning go‘zal bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi” – deputat Shuhrat Polvonov
    • “Yer uchastkalari noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan taqdirda, mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi” – “snos” haqida nimalarni bilishimiz kerak?
     

    20.09.2022, 14:42   Izoh (0)   9877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan 29 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi

    20.09.2022, 14:25

    Toshkentda yuk mashinasi yo‘l o‘tkazgichda ag‘darilib ketdi

    20.09.2022, 13:37

    UzAuto Motors’ga egalik qilish uchun sherik bo‘lish: IPO nima va unda qanday pul ishlash mumkin?

    20.09.2022, 13:30

    “Haftaning har jumasini turizm kuni deb belgiladik”. Turizm salohiyati pastligi sabab ishdan olingan Urgut hokimi prezident tanqididan keyingi xulosalari haqida

    20.09.2022, 12:45

    Namanganda avtohalokat sabab 5-sinf o‘quvchisi vafot etdi

    20.09.2022, 12:12

    O‘zbekistonda pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi tasdiqlandi

    20.09.2022, 11:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.