Toshkentning Yakkasaroy tumanida yuk mashinasi yo‘l o‘tkazgichda ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20-sentabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasidagi ko‘prik ustida haydovchi V.A. (1975-yilda tug‘ilgan) Howo yuk mashinasida qurilish chiqindilarini ortib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ko‘prik to‘s‘ig‘ini buzib, chetki qismiga ag‘darilgan.
Oqibatda haydovchi V.A. “chap qo‘l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan kasalxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
YTHdan so‘ng Toshkent shahar hokimligi Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘lining bir qismi (Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo‘nalgan qismi) ta’mirlash ishlari sabab 24-sentabr soat 00:00 ga qadar yopilishini e’lon qildi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Mavzuga doir: Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Izoh (0)