Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Advokatlik institutini mustahkamlanishi sud-huquq tizimida qonun ustuvorligini ta’minlashga qanchalik xizmat qiladi? O‘lim jazosini taqiqlash qanchalik muhim? Shaxsning sudlanganligi uning yaqin qarindoshlari taqdiriga ta’sir o‘tkazishi adolatdanmi?

2022-yilning 16-avgust kuni “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan onlayn konferensiyada milliy va xalqaro ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilgan o‘zgarishlar va bunda aynan qaysi jihatlar inobatga olinishi muhimligi borasida fikr almashdi.

Foto: Yuksalish milliy harakati

Foto: Yuksalish milliy harakati

Tadbirda mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, tahlil markazlaridan tashqari AQSH, Sloveniya, Shvetsiya kabi davlatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Mamlakatda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda bundan buyon davlat siyosatining diqqat markazida inson, uning huquq va manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati bo‘lishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Konstitutsiyani davlatchilik taraqqiyotining bugungi tendensiyalari va dunyodagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda uyg‘unlashtirish zarurati paydo bo‘lgan. Konstitutsiyaviy islohotning xususiyatlari to‘g‘risidagi masalani nafaqat vatandoshlarimiz, balki xalqaro miqyosda ham yuqori malakali ekspertlar va xalqaro hamjamiyat ishtirokida muhokama qilish muhim sanaladi.

“Bugun xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston boshlagan islohotlarini kelgusida qay tarzda davom ettirishiga qiziqmoqda, — deydi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov. — Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi ularni qiziqtirgan savollariga javob bo‘la oladi va O‘zbekiston yana ildam qadam tashlab, islohotlardan to‘xtamasligini ko‘rsatadi. Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvimizdan maqsad-muddao ham shu, ularga mamlakatimiz ortga qaytmas yo‘lni tanlaganini bildirish. Shuningdek, ekspertlar inson huquqlarini ta’minlash, advokatura, sud tizimini isloh qilish masalalarining ko‘pi Qonun loyihasida aks etganini e’tirof etishmoqda, qo‘shimcha takliflarni ham bildirishmoqda”.

Konferensiyada ishtirok etgan AQSHning Berkli yuridik instituti direktori Jeremi Forel mamlakat konstitutsiyasining ko‘plab fuqarolik huquqiga ega boshqa davlatlar konstitutsiyasidan farqli va o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi.

“O‘zbekiston konstitutsiyasida 100 dan ortiq, AQSH konstitutsiyasida esa 7 ta modda bor. Biz unga hukumat, ijro etuvchi qonunchilik va sud hokimiyatlarining vazifalari aks etgan ish rejasi sifatida qaraymiz. Barcha davlatlar Bosh Qonunida fuqarolik jamiyatining huquq va majburiyatlari belgilanmagan. Mamlakatingizda yangidan qabul qilinishi kutilayotgan konstitutsiyaviy Qonun loyihasida bu jihatlar aks etmoqda. Birinchi qadam qo‘yildi, maqsadlar belgilandi, endi Konstitutsiyaning ijrosini to‘liq ta’minlash nihoyatda muhim”, – deydi jumladan Forel.

AQSHlik yana bir ekspert – sobiq Federal prokuror, “Holland and Knight LLP” advokatlik firmasi hamkori Deniel Smoll Konstitutsiyaning yangi tahririda advokatlar maqomini belgilash, sud jarayonlarida raqobat va tomonlarning tengligi tamoyilini ta’minlash, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlash muhimligini qayd etdi.

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti direktori Myusha Sever konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida mustaqil advokatlik instituti yaratilishiga ham e’tibor qaratilishiga chaqirdi:

“Qiynoqlarni bekor qilish, sudlanuvchilarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish, shaxsiy hayotga faqat sud qarori asosida aralashish va gumon qilinuvchini aybi isbotlanmaguncha ozodlikda qoldirish insonning asosiy huquqlari hisoblanadi. Yangi konstitutsiyada bu tamoyillar aks etishidan umid qilamiz. Mustaqil advokatlik institutini yaratish borasida ham o‘zgarishlar bo‘lishini kutamiz. Mustaqil advokatlarsiz sud jarayonining raqobatbardoshligi va adolatliligi haqida gapirib bo‘lmaydi. Bu mamlakatga investorlarni jalb qilishda ahamiyatga ega. Yosh avlod O‘zbekiston yangi qiyofa kasb etganini o‘zida his qilishi, asosiy qonuni hayotining har bir kunida qo‘llaniladigan muhitda voyaga yetishi zarur”.

O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov konstitutsiyada belgilangan huquqlardan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratilishi kerakligi haqida gapirdi:

“Davlat rahbari ‘Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat’, degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab bergan, bunda teng huquqlilik, teng imkoniyat hamda inklyuziv rivojlanish ta’minlanishi ta’kidlanadi. Amalda bu Qonunga asoslanadi. Hozir konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyatining aniq tushunchasi yo‘q, huquqlar haqida gapiriladi, lekin teng imkoniyatlar haqida gapirilmaydi. Ya’ni belgilangan huquqlardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega emasmiz”.

Konferensiya ishtirokchilari ko‘plab davlatlarning konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Miranda qoidasi” Asosiy qonunda aks etishini yoqlashdi. Konstitutsiyani talqin qilish ishlarida erkinlik mexanizmlarini belgilab berish, ommaviy axborot vositalarining huquqlarini alohida kafolatlash zarurligini qayd etishdi.

Xorijiy ekspertlar O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlarini, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmunini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Konstitutsiya shunchaki hujjat bo‘lib qolishi kerak emas, balki u ishlashi kerak. Buning uchun barcha tuzilmalar harakat qilishi, fuqarolik jamiyati institutlari ham faol bo‘lishi talab etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...