• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Zevarda” konida burg‘ilash, qazib chiqarish va qayta ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun taqdimot tadbiri o‘tkazildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi bilan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” konida xorijiy kompaniyalar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va OAV, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida burg‘ilash, gazni qazib chiqarish, qayta ishlash korxonalarining 2023-yil uchun ehtiyojlari taqdimoti o‘tkazildi.

    Tadbirni o‘tkazish uchun Qashqadaryo viloyatining o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega bo‘lgan Muborak tumanida joylashgan neftgaz koni tanlangani bejiz emas albatta. Bu kon 1968-yilda ochilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi. Konning kunlik qazib olish quvvati 9,5-10 mln. kub metr tabiiy gazni tashkil etadi.

    Avvalgilaridan farqli ravishda, bu safargi taqdimot tadbiriga qiziqish juda yuqori bo‘ldi. Unda 300 ga yaqin mahalliy ishlab chiqarish korxonalari vakillari, 40 ga yaqin jurnalist va blogerlar – “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Zo‘r TV” telekanallarini, “Yangi O‘zbekiston”, “Darakchi” gazetalarini, “Kun.uz”, “Daryo.uz”, “Xabar.uz”, “UzNews.uz”, Human.uz, “Jahon.uz”, “Geolog.uz” kabi ommaviy saytlar, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va boshqalar taklif etildi.

    Shuningdek, tadbirga 50 ga yaqin sohaviy ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari, professor, o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar ham tashrif buyurishdi. Taqdimotda ilk marta Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Xitoy Xalq Respublikasi, Ummon sultonligi, Avstriya kabi xorijiy davlatlaretakchi kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.

    Tadbirni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev videokonferens aloqa orqali ochib berdi va tadbir ishtirokchilarining tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari Boshqaruv raisi soha uchun hattoki mix xarid qilinishi ham ochiq va shaffof bo‘lishini bildirdi hamda so‘nggi uch yilda bunga to‘liq amal qilinayotganini bildirdi. Bundan tashqari mahalliy ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun 2022-yil so‘nggi qadar yana uch marta o‘zaro uchrashuv tashkil qilinishi aytildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosi doirasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, xaridlar shaffofligini ta’minlash yo‘nalishida butkul yangicha tizim joriy etildi.

    Olib borilgan ishlar natijasida so‘nggi uch yilda tarmoq mahalliylashtirish dasturi doirasida 7,8 trln so‘mlik 57 ta yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda importni qisqartirish, ichki bozor imkoniyatlaridan kengroq foydalanish natijasida import hajmi 2018-yildagi 865 mln. AQSH dollaridan 2021-yilda 486 mln. AQSH dollarigacha yoki 1,8 baravargacha qisqartirildi.

    Joriy yilda GTL zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi kabi korxonalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar doirasida umumiy qiymati 82,3 mlrd. so‘mlik shartnomalar elektron kooperatsion portali orqali imzolanib 7,6 mln. dollarlik import qisqartirilishiga erishildi.

    Ta’kidlash joizki, kompaniya yillik xarid portfeli, ya’ni ehtiyojlari dasturini shakllantirishda jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ilmiy birlashmalar uchun mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun oldindan sharoit yaratish ham ko‘zda tutilgan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ aniqlashtirilgan xarid portfeliga ko‘ra, 2023-yilda xo‘jalik faoliyati uchun umumiy ehtiyojlar 3,6 trln. so‘mni tashkil etadi (burg‘ilash hamda kommunal, qo‘riqlash, yong‘in xavfsiligi boshqa xarajatlardan tashqari), shundan 2,1 trln. so‘m yoki 58,1 foizi mahsulotlar, butlovchi buyum va materiallar bo‘lsa, 1,5 trln. so‘mi yoki 41,9 foizi xizmatlardan iborat.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida mahalliylashtirish, importni qisqartirish va innovatsion rivojlanish yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlari taqdimoti ham o‘tkazildi. Bevosita gaz qazib chiqarish koni hududida uskuna va mahsulotlar ochiq ko‘rgazmasi tashkil etilib, bu yerda o‘zlashtirish uchun taklif etilayotgan yuqori texnorlogik mahsulotlar, jumladan gaz haydash agregatlar ehtiyot qismlari, dvigatellar, nasoslar mustahkamlovchi quvurlar namunalari namoyishi o‘tkazildi.

    Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” tizimida shartnomalarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish tizimi haqida axborot berildi, mehmonlar uchun “Zevarda” 337-son burg‘ilash qudug‘i hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodiga sanoat ekskursiyalari uyushtiriladi.

    Bu yerda ham burg‘ilash uchun zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar va namunalar namoyishi o‘tkazilib, OAV xodimlari, blogerlar va jamoatchilik vakillariga to‘liq ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida xorijiy va mahalliy korxonalarning mahalliylashtirish yo‘nalishidagi investitsiya loyihalari taqdimotlari ham o‘tkazildi.

    Bugungi ko‘rgazma davomida mahalliylashtirish va kooperatsiya hamkorligi yo‘nalishida bir qator shartnoma va memorandumlar imzolandi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    20.09.2022, 15:30   Izoh (0)   21335
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxati tasdiqlandi

    20.09.2022, 15:12

    Yerning xususiy bo‘lishi o‘zbekistonliklarga nima beradi? — mutaxassis tushuntiradi

    20.09.2022, 14:42

    Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan 29 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi

    20.09.2022, 14:25

    Toshkentda yuk mashinasi yo‘l o‘tkazgichda ag‘darilib ketdi

    20.09.2022, 13:37

    UzAuto Motors’ga egalik qilish uchun sherik bo‘lish: IPO nima va unda qanday pul ishlash mumkin?

    20.09.2022, 13:30

    “Haftaning har jumasini turizm kuni deb belgiladik”. Turizm salohiyati pastligi sabab ishdan olingan Urgut hokimi prezident tanqididan keyingi xulosalari haqida

    20.09.2022, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.