• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    London aholisining 20 foizini qirib yuborgan “katta o‘lat” epidemiyasi, Sofi Loren va Karlo Pontining Meksikadagi yashirin to‘yi. Kun xronologiyasida 17-sentabr

    17-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan London aholisining 20 foizini qirib yuborgan katta o‘lat hamda Karlo Ponti va Sofi Lorenning muhabbat tarixida oid faktlar o‘rin olgan.

    “Londonning katta o‘lat epidemiyasi”

    1665-yilning 17-sentabrida “Londonning katta o‘lat epidemiyasi” boshlangan va uning oqibatida 100 mingga yaqin odam, London aholisining 20 foizi halok bo‘lgan. O‘lat — bu infeksion kasallik bo‘lib, uni burgalardan yuqadigan o‘lat tayoqchalari bakteriyasi yuzaga keltiradi. 1665—1666-yillardagi o‘lat epidemiyasi ko‘lami jihatidan “Qora olim” pandemiyasidan kichik hisoblanadi. Ammo XVII asrdagi o‘lat Angliyadaga o‘sha vaqtda eng ko‘p zarar yetkazgan kasallikka aylangani sabab “katta” nomini olgan.

    Foto: UCLA

    Foto: UCLA

    1665-yilgi katta epidemiya Buyuk Britaniyadagi o‘latning eng so‘nggi yirik tarqalishidir. Bunga qadar 1603-yilda (30 ming londonlik halok bo‘lgan), 1625-yilda (35 ming qurbon) va 1636-yilda ham (10 mingga yaqin qurbon) kuzatilgan. Katta epidemiya vaqtida ko‘pchilik kasallikning asl sababini tushunmasdi. Turli variantlar keltirilgan xolos: noodatiy ob-havo, qoramollar kasalligi, chivin, qurbaqa va sichqonlar ko‘payishi. Kasallik sababi tadqiqotchi Aleksandr Yersen 1894-yilda o‘lat tayoqchasi kalamush burgasi orqali yuqishini ko‘rsatib bermagunga qadar ma’lum bo‘lmagan.

    1664-yilning kuzida yorqin kometa ko‘ringan va londonliklar oldinda qo‘rqinchi voqealar sodir bo‘lishidan xavotirlangan. London u vaqtlarda 448 gektar maydonga ega shahar bo‘lgan. Jon Grauntning baholashicha, 1665-yilda London va uning atrofida 460 mingga yaqin odam istiqomat qilgan.

    Angliyaga epidemiya Niderlandiyadan kelgan deb hisoblangan, chunki ushbu mamlakatda 1599-yildan boshlab o‘lat kasalligi vaqti-vaqti bilan tarqalib turgan. Dastlab, yuqumli kasallik Buyuk Britaniyaga Amsterdamdan paxta toylarini tashiydigan golland savdo kemalari tomonidan olib kelingan (1663—1664-yillarda Amsterdam bo‘shab qolgan, 50 mingga yaqin odam vafot etgan). London atrofidagi port shaharlar, jumladan, Sent-Jayls cherkovi kambag‘al ishchilarga to‘la bo‘lib, aynan ular o‘latdan birinchi bo‘lib jabr ko‘rgan. Shahar tashqarisidagi dastlabki ikki shubali o‘lim 1664-yilning dekabri va 1665-yilning fevralida qayd etilgan. Ushbu holatlar o‘lat deb topilagani sabab hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha biror chora ko‘rmagan, ammo 1665-yilning dastlabki to‘rt oyida o‘lim ko‘rsatkichlari ortib ketan.

    Aprel oxiriga kelib o‘latdan vafot etganlar soni rasman 4 kishini tashkil etsa-da, ushbu kasallik oqibatida vafot etgan inson sifatida Rebekka Endryus ismli ayol ko‘rsatilgan.

    Shundan kelib chiqib o‘sha vaqtda o‘lim sabablarini tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Kimdir o‘lganida, qo‘ng‘iroq chalingan va “o‘lim izlovchi” kelib, murdani ko‘zdan kechirgan hamda uning o‘limi sababini aniqlagan. “Izlovchilar” asosan johil kampirlar bo‘lgani sabab, pora evaziga rasmiy qaydnomalarga boshqa sababni qayd etgan. Inson o‘latdan vafot etsa, sotib olingan “izlovchi” o‘limning boshqa sababini ko‘rsatgan, chunki qonunga muvofiq o‘lat aniqlangan uy 40 kunlik karantinga oila a’zolari bilan yopilishi kerak bo‘lan. Bundan uylarning eshiklariga qizil hoch rasmi chizilib, “Xudo, bizni afv et” yozuvi tushirilgan va uy qo‘riqlangan.

    Foto: Pikabu

    Foto: Pikabu

    Shu yili qish og‘ir kelgan, biroq ob-havo isishi bilan kasallik terqalishi tezlashgan. 1665-yilning iyulida o‘lat London markaziga yetib borgan. Angliya qiroli Karl II oilasi bilan shaharni tark etib, Oksfordshirga yo‘l olgan. Ammo shaharning boshqa amaldorlari qolishni lozim topgan. London lord-meri Jorj Lourens ham shaharda qolib, shishadan o‘ziga maxsus karantin xona yasattirgan. Shu orqali u o‘zining va muloqot qilayotgan insonining xavfsizligini ta’minlagan. Aksariyat badavlat savdogarlar shaharni tark etgach, savdo to‘xtab qolgan.

    Kambag‘allar ham o‘latning tarqalishidan xavotirga tushib, ba’zilari shaharni tark etgan; ammo boshqa joylarda ularning qoladigan joyi, yashashi uchun hech qanday vositalari yo‘q edi, shuning uchun noaniq kelajakdan qo‘rqib, ko‘pchilik shaharda qolishni ma’qul ko‘rgan. Shahar darvozasidan chiqayotganda hamma lord-mer tomonidan berilgan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak edi, uni olish esa tobora qiyinlashib borardi.

    Hujjatlarga ko‘ra, Londonda o‘lim ko‘rsatkichi haftasiga 1000 kishigacha, keyinroq 2000 kishiga yetgan. Iyul oyining so‘nggi haftasida vafot etganlar ro‘yxatida 3014 kishining ismi qayd etilgan bo‘lib, ularning 2020 nafari o‘lat kasalligidan deya ko‘rsatilgan (o‘sha vaqtlarda o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi haftasiga 300 kishini tashkil etgan). 1665-yilning sentabriga kelib o‘lim ko‘rsatkichi haftasiga 7 ming kishiga chiqqan.

    Foto: History Today

    Foto: History Today

    Epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoat sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida bir nechta tizim yaratishga urinish bo‘lgan. Shahar hukumati shifokorlarni yollagan va marhumlarni yaxshilab ko‘mishni yo‘lga qo‘ygan, biroq shahardagi vahima sabab odamlar jasadlarni tezkor ko‘mishga uringan. Kasallik sababi noma’lum edi, ammo ko‘pchilik ularni hayvonlar tarqatyapti deb hisoblagan. Shu bois London korporatsiyasi it va mushuklarni o‘ldirishni buyurgan. Burga tashuvchilar xavfli hisoblangan, burgalarning o‘zi esa yo‘q. Bu hayvonlar burga tashuvchi kalamushlar sonini cheklab turgani sabab ularning o‘ldirishili epidemiyaning uzoq davom etishiga sabab bo‘lgan.

    Kuz oxiriga kelib, o‘lim ko‘rsatkichlari kamaygan, 1666-yilning fevralida qirol va uning atrofidagilarga shaharga qaytishni xavfsiz deb hisoblagan. Bu vaqtga kelib, uzilmas savdo aloqalari sabab o‘lat Fransiyaga o‘tib bo‘lgandi. Shuningdek, 1666-yilning sentabrida Londonda yuz bergan “buyuk yong‘in” o‘latning tarqalishiga yo‘l qo‘ymagan degan farazlar ham bor.

    Sofi Loren va Karlo Pontining sevgi tarixi

    Sofi Loren va Karlo Pontining oilasi jahon kinematografiyasidagi eng mustahkam nikohlardan biri hisoblanadi. Ular tanishganida Loren model va aktrisalik yo‘liga kirib kelayotgan 16 yoshli qiz, Karlo esa 38 yoshli rejissor edi.

    Birinchi uchrashuv

    Sofi Lorenning bolaligi og‘ir urush va undan keyingi yillarga to‘g‘ri kelgan. Onasi qanchalik harakat qilmasin uni va qizlarini boqa olmasdi. Oqibatda Sofi shu qadar ozg‘in bo‘lganki, uni maktabda “tish kavlagich” deb atashgan. Ammo keyinchalik, 14 yoshga to‘lganida “irkit o‘rdakcha” chiroyli oqqushga aylangan. Onasining qarori bilan go‘zallik tanlovida qatnashgan Sofi g‘olib bo‘lgan.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Shundan keyin Sofi modellar bilan shug‘ullanuvchi agentlik bilan shartnoma imzolagan va 1951-yilda u Karlo Ponti bilan tanishib qolgan. “Yuz tuzilishingiz juda qiziqarli”, — degan o‘shanda erkak. Shunday go‘zallikni qo‘ldan chiqarishni istamagan Karlo Sofiga o‘z loyihalaridan birida suratga tushishni taklif etgan. Kinostudiyada unga ozishni va burnini to‘g‘irlashni maslahat berishgan. Bundan darg‘azab bo‘lgan Sofi suratga olish jarayonlarini tark etgan. Ponti esa yosh aktrisaning muvaffaqiyatga ishonch bildirib, uni “Anna” filmiga qaytargan.

    Ular birgalikda ishlashni davom ettirgan. Ponti qarshisida ishlov berilmagan olmos borligini tushunib turardi. Birinchi bo‘lib u qizga tahallus topadi: Sofiya ismi Sofiga, Shikolone familiyasi Lorenga o‘zgartiriladi. Pontining fikricha, qizning haqiqiy familiyasi qishloqilarga xos jaranglagan.

    Ma’shuqa

    Karlo va Sofi bir-birisiz yashay olmasligini tushungan va yashirincha uchrashishni boshlagan. Lorenning onasi bundan dahshatga tushgan: ayol qizining boshqacha hayot kechirishini istagan bo‘lsa-da, uning taqdiri o‘ziniki takrorlay boshlagandi. Qizi benikoh farzandni dunyoga keltirishidan xavotirga tushgan ayol ularning munosabatlarini uzishga uringan.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Bu vaqtga kelib Lorenning karyerasi va shaxsiy hayoti qarama-qarshi yo‘nalishda diametriga o‘sib borardi. U eng mashhur aktrisalardan biri sifatida tanilgan, Italiya yuziga aylanib ulgurgan edi. Ponti bilan munosabatlari esa o‘zgarmagan: katolik davlatda ajrashish uchun ruxsat olish qiyin edi — Vatikanning ruxsati talab etilgan, uni olish esa oson bo‘lmagan.

    Og‘riqli tanlov

    1956-yilda “G‘urur va ehtiros” filmining suratga olish maydonchasida Sofi Keri Grant bilan tanishib qolgan va aktyor uni sevib qolgan. Kelishgan aktyor cho‘zib o‘tirmasdan Loren bir necha yil oldin unashtirilganidan bexabar, uning qo‘lini so‘raydi. Sofi o‘shanda hech qanday javob qaytarmagan, ammo Keri ham taslim bo‘lishni istamagan.

    Shunda aktrisa “kelajagi yo‘q ma’shuqa bo‘lish yoki muhabbatsiz qonuniy xotin” bo‘lish tanlovi orasida qolgan. Albatta, bularning barchasidan Karlo xabardor bo‘lgan va qattiq rashk qilgan. Agar biror narsa qilmasa, Sofini qo‘lgan chiqarishi mumkinligini tushunib, unga Meksikada yashirin nikohdan o‘tish taklifini bildirgan.

    Loren Pontini tanlagan: “Men o‘zim uchun to‘g‘ri bo‘lgan qarorni qabul qildim”, — degandi u.

    Ikki taqdir

    1957-yilning 17-sentabrida Meksikada yuristlar rejissorning ayoli bilan ajrimini rasmiylashtirgan va Karlo Sofiga uylangan. Italiyada bunday sxemani haqiqiy emas deb topishgan: Ponti qo‘shxotinlikda, Loren esa noqonuniy nikohda ayblangan.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Juftlik birga bo‘lish uchun mamlakatdan qochib, besh yil davomida Shveysariya va Fransiyada yashaydi. Aynan Fransiya er-xotinning ikkinchi uyiga aylanadi: 1966-yilda rejissor va aktrisa ikkinchi bor oila quradi — shunday keyin ushbu davlat fuqaroligini oladi. 32 yoshli Sofi shu bilan sinovlar tugadi deb hisoblaydi, afsuski bu qiyinchiliklarning boshlanishi edi.

    Lorenning 1963-yilda birinchi homilasi, 1967-yilda esa ikkinchi homilasi tushib qoladi. Uchinchi farzandga homilador bo‘lish uchun aktisa gormonal terapiyadan o‘tishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, televizor va radiosiz qat’iy to‘shak rejimida yotadi. Bir kun davomida yarim soatdan ortiq oyoqda yurish taqiqlanadi. Sofi barcha shartlarga rozi bo‘ladi: uyiga qamalib olgan va tashqi dunyo bilan deyarli aloqada bo‘lmagan.

    Va nihoyat 1968-yilda er-xotin o‘g‘illi bo‘ladi, oradan to‘rt yil o‘tgach oilada yana bir farzand dunyoga keladi.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Hayoti davomida er-xotin shu qadar ko‘p sinovlardan o‘tganki, qolgan umrini tinchlikda davom ettirishga qaror qilgan. Shunday bo‘lgan ham: Karlo ova Sofi yarim asrdan ortiq — 2007-yilda rejissorning o‘limiga qadar birga yashadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSH harbiy bazasida ommaviy qotillik, ko‘lga cho‘kkan trolleybusdan 20 kishini qutqargan qahramon va Livandagi qochoqlar lagerida qirg‘in. Kun xronologiyasida 16-sentabr

    17.09.2022, 09:30   Izoh (0)   40365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston MXDQ: Qirg‘iziston Tojikistonning fuqarolik obyektlariga dronlar va vertolyotlar bilan zarbalar bermoqda

    17.09.2022, 09:13

    Germaniya, Polsha va Fransiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi

    16.09.2022, 23:36

    Yevropa Ittifoqi ortidan Shveysariya rossiyaliklarga soddalashtirilgan tartibda viza berishni to‘xtatdi

    16.09.2022, 18:21

    Pashinyan Putin va Blinken bilan Armaniston—Ozarbayjon mojarolarini muhokama qildi

    16.09.2022, 16:59

    Luganskdagi portlashda LXR bosh prokurori halok bo‘ldi

    16.09.2022, 16:50

    Izyumdagi vayronagarchilik, Balakleyada rus texnikalari qabristoni. Urushning 204-kunidan fotoreportaj

    16.09.2022, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.