• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiyada gilyotinada qatl etilgan so‘nggi mahkum, 14 tomoshabin o‘limiga sababchi bo‘lgan “Avariya grafi” va Yugoslaviya tarixidagi eng yirik aviahalokat. Kun xronologiyasida 10-sentabr

    10-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Fransiyada gilyotinada qatl etilgan so‘nggi mahkum, 14 tomoshabin o‘limiga sababchi bo‘lgan “Formula-1” poygachisi va Yugoslaviya tarixidagi eng yirik aviahalokatga oid faktlar o‘rin olgan.

    Fransiyada gilyotinada qatl etilgan so‘nggi mahkum

    1977-yilning 10-sentabr kuni Marselda qotilligi uchun o‘limga mahkum etilgan tunislik muhojir Hamid Jandubiy gilyotinada qatl etilgandi. Bu mamlakatda gilyotina yordamida qatl etilgan oxirgi mahbus hisoblanadi.

    Parij ko‘chasidagi oxirgi gilyotina, 1939-yil

    Parij ko‘chasidagi oxirgi gilyotina, 1939-yil
    Foto: AFP

    Hujjatlarga ko‘ra, gilyotina o‘lim jazosini ijro etishda foydalaniladigan qurilma sifatida XII asrdan beri foydalanib keladi. Undan asosan Shotlandiya va Angliyada, ayniqsa, Oliver Kromvel respublikasida, shuningdek, Italiya va Shveysariyada foydalanilgan.

    Fransuz inqilobi vaqtida Fransiya Milliy kengashining qarori bilan 1792-yil 20-martdan boshlab gilyotina mahbusning ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar o‘lim jazosi ijro etiladigan yagona qurilma sifatida belgilangan. Mazkur qonun g‘oyasini 1970-yilda o‘lim jazosiga qarshi bo‘lgan shifokor va inqilobchi Jozef-Irgatsiya Gilyoten ilgari surgan. U gilyotina yordamida qatl etishga dorga osish, boshni chopish yoki otib tashlashdan ko‘ra insonparvarroq yechim sifatida qaragan.

    Oradan ikki yil o‘tgach, harbiy jarroh Antuan Lui tomonidan ushbu qurilmaning fransuzcha varianti yasalgan bo‘lib, u o‘liklarda sinab ko‘rilgan va 1792-yilning 25-aprelida Parijdagi Greve maydonida sinovdan o‘tkazilgan — uning yordamida oddiy o‘g‘ri Nikolya Pelettye qatl qilingan. Qatl jarayoni bu qadar tez tugagani o‘rta asrlaga xos qiynoqlarni tomosha qilishga o‘rgangan ommaning hafsalasini pir qilgan.

    Ommaviy qatl

    Ommaviy qatl
    Foto: “Kulturalogia.ru”

    Natijada gilyotina nomiga ega bo‘lgan qurilma Inqilob maydoniga (hozirgi Kelishuv maydoni) olib kelinib, uning yordamida fransuz inqilobi yillarida 10 mingdan ortiq odam, jumladan, sobiq qirol Lyudovik XVI va qirolicha Mariya Antuanetta qatl etilgan. Jorj Danton, Robespyer, Lui Sen-Jyust, Demulen kabi Fransuz inqilobining namoyondalari ham gilyotinadan o‘tkazilgan. Ko‘pchilik orasida tarqalgan yanglish fikrlardan farqli o‘laroq, Jozef Gilyotenaning o‘zi gilyotinada qatl etilmagan, balki tabiiy ravishda vafot etgan.

    1868-yilda gilyotina takomillashtirilgan — u yig‘iladigan ko‘rinishga kirgan va qatl joyiga — ko‘pincha qamoqxona darvozlari oldidagi maydonga olib borish mumkin bo‘lgan. Taxminan o‘sha yillarda viloyatlarda jallod lavozimlari bekor qilingan, Parijning asosiy jallodi esa yordamchilari bilan faqat zarurat tug‘ilganida turli hududlarga borib kelgan.

     

    Hamid Jandubiy

    Hamid Jandubiy
    Foto: Historycollection
    1803-yilda gilyotinada qatl etishni joriy qilgan Germaniya jazolashning bu usulidan 1949-yilga qadar, Germaniya Demokratik Respublikasi esa 1960-yilgacha foydalangan. Shveysariya gilyotinadan foydalanishni 1940-yilda to‘xtatgan. Fransiyada omma uchun namoyishkorona gilyotinada so‘nggi o‘lim jazosi 1939-yilda amalga oshirilgan, mamlakatda bunday jazoni qo‘llash esa 1977-yilning 10-sentabrida yakunlangan. Shuningdek, bu G‘arbiy Yevropadagi so‘nggi o‘lim jazosi hisoblanadi. 1981-yilga kelib Fransiya o‘lim jazosini butunlay bekor qilgan.

    O‘zi va 14 tomoshabin o‘limiga sababchi bo‘lgan “Avariya grafi”

    Italiyaning Monsa shahridagi Nazionale avtodromida 1961-yilning 10-sentabrida o‘tkazilgan Gran-pri chempionati “Formula-1” tartixidagi eng dahshatli avariya hisoblanadi. Unda nemis poygachisi Volfgang fon Trips hamda 14 nafar tomoshabin halok bo‘lgan. Trips “Formula-1” chempionligini Germaniyaga Shumaxerdan oldin olib kelishi mumkin edi, biroq nima bo‘lganda ham u Gran-prining so‘nggi mavsumiga qadar vafot etgan bo‘lardi…

    Foto: Getty Images

    Volfgang fon Trips 1928-yilning 4-mayida Kyolndagi aristokrat va bankir oilasida dunyoga kelgan. Fon Tripslarning uyi Nyurburg yaqinida joylashgani sabab, Volfgangning avtopoygachi bo‘lishi boshidan ma’lum edi. Yetti yoshida Trips mashhur “Shimoliy sirtmoq”da avtomobil poygalarini ko‘rgan va bolidlar olamiga mahliyo bo‘lib qolgan. Yoshligida Volfgang “Nyurburgring”dagi birorta poygani qoldirmagan va u mahalliy qahramon Bernd Rozmayerning muxlisi bo‘lgan.

    Rozmayer 1938-yilning yanvarida rekord o‘rnatgan poygasida avariyaga uchrab halok bo‘lgan, 10 yoshli fon Trips esa tez orada kasal bo‘lib qolgan — bolakay meningitni boshidan o‘tkazgani sabab uning yuz qismi falajlanib qolgan va shu sababli gapirishni qaytadan o‘rganishga to‘g‘ri kelgan. Volfgangning qonidagi shakar miqdori butun umri davomida kamligicha qolgan, shu sababli u doim yonida shakar bo‘laklarini olib yurgan.

    Urushdan so‘ng fon Trips arxitektura kollejiga o‘qishga kirgan, biroq uning haqiqiy iqtidori xorijiy tillarni o‘rganish bo‘lgan — kollejni tamomlash vaqtida u buyuk arxitektor nomiga nomzod bo‘lmagan, biroq ingliz va fransuz tillarida bemalol so‘zlasha olgan. O‘z yo‘lini fon Trips 1950-yilda — birinchi bor motokrossda ishtirok etganida topgan. Dastlabki yillarda fon Trips ikki g‘ildirakli texnikalar poygasida Aksel Linter nomi ostida qatnashgan, bu orqali u omadsizlikka uchrab qolsa otasining banki obro‘siga butun yetkazishni istamagan.

    Dastlabki poygalardagi ishtiroki

    Fon Trips o‘zining birinchi haqiqiy poygasini 1951-yilda o‘tkazgan, 1954-yilgi poygacha esa u GT klassida Germaniya chempioniga aylangan.

    Foto: Getty Images

    Porsche rulida erishilgan muvaffaqiyat orqali u Kyolndagi shu nomli klub prezidenti nomidan tavsiyanoma olishga muvaffaq bo‘lgan. Tavsiyanoma xatini o‘qigan Mercedes’ning sport bo‘linmasi rahbari Alfred Noybauer uni chiqindi idishga tashlab yuborib, har yili bunday xatlardan 4 mingga yaqini kelib tushishini aytgan. Ko‘p o‘tmay Noybauer fon Tripsni testlarga taklif qilgan, yana bir haftadan keyin esa u Mercedes bilan birinchi shartnomasini qo‘lga kiritgan. Natijada Volfgang Mercedes rulida ikkita poygada ishtirok etishga ulgurgan va ko‘p o‘tmay nemis konsertni poyga dasturini yopishini e’lon qilgan. Fon Trips ikkala poygani ham uchinchi o‘rinda yakunlagan.

    1956-yilda fon Trips Mercedes rulida Mille Miglia poygasida chiqish qilgan, ammo mashinada avariga uchrab, uni butunlay yaroqsiz holatga keltirgan va poygalarga Porsche rulida qaytgan. Bu vaqtga kelib iqtidorli nemis poygachisiga Enso Ferrarining e’tibori tushib bo‘lgandi. U fon Tripsni Maranelloga chaqirib, shartnoma taklif qilgan.

    “Formula-1”

    “Formula-1”dagi birinchi poyga Volfgang uchun muvaffaqiyatli yakunlanmagan: u 1956-yili Italiyada o‘tkaziladigan Gran-pri oldi mashg‘ulotlarida o‘z Ferrari’sini pachoqlagan va start olishga ulgurmagan. Poygachining zamondoshlariga ko‘ra, 1955-yilda Le-Mandagi dahshatli avariyadan keyin fon Trips o‘zgarib, tavakkal qilishga qo‘rqmay qolgan. Uni hatto “Nyurburgringdagi 100 kilometr” poygasi avvalidagi avariyada uch oy shifoxonada umurtqa jarohatlari bilan yotgani ham to‘xtatib qola olmagan.

    Natijada fon Tripsni avtosportchilar orasida “Avariya grafi” deb atay boshlashgan. Shunga qaramay, graf oliyjanob edi — 1957-yilgi Mille Miglia poygasida Volfgang Ferrari bo‘yicha sherigi Pyero Taruffini ortda qoldirib, o‘zining birinchi g‘alabasiga erishishiga oz qolgan. Taruffinining uzatmalar qutisi qotib qolgan, Trips italiyalikning mashinasi bilan sodir bo‘lgan holatdan xabar topgach, uni finish chizig‘iga o‘tkazib yuborib, Italiyanda haqiqiy qahramonga aylangan.

    Foto: Getty Images

    1961-yilda fon Trips Stirling Moss va Fil Xillni ortda qoldirib, chempionat g‘olibi bolishga yaqin turgandi. O‘sha vaqtda hisob-kitob tizimiga muvofiq Italiyadagi g‘alaba fon Tripsga chempion maqomini deyarli kafolatlardi.

    Poyga starti muvaffaqiyatsiz boshlangan: birinchi aylana oxiriga Trips beshinchi bo‘lib yetib kelgan. Haydovchilar o‘z pozitsiyalarini almashgan va ikkinchi aylanada o‘zgartirib bo‘lmas voqea sodir bo‘lgan: fon Tripsning Ferrari’si Jim Klarkning Lotus’i bilan to‘qnashib ketgan, nemis poygachisining alvon rangli bolidi to‘planib turgan tomoshabinlar ustiga borib qulagan. Volfgangning o‘zi trassaga uchib ketgan. 12 kishi, jumladan, fon Trips ham voqea joyida vafot etgan. Jarohat olgan yana uch kishi shifoxonada olamdan o‘tgan. Fojiadan ikki soat o‘tib Fill Xill Italiyadagi Gran-pri g‘olibiga aylangan.

    “Odamlar yomg‘irdek yog‘moqda”: Yugoslaviyadagi eng yirik aviahalokat

    1976-yilning 10-sentabrida sobiq Yugoslaviyaning Zagreb shahrida 10 kilometr balandlikda ikkita avialayner to‘qnashib ketgan. Fojia oqibatida 177 kishi halok bo‘lgan va o‘sha vaqtda dunyoda havoda sodir bo‘lgan eng yirik halokat hisoblangan. To‘qnashuv Zagrebdagi aviadispetcher xatoligi sabab yuzaga kelgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    1976-yilning 10-sentabrida Yugoslaviya va Xorvatiya tarixidagi eng yirik aviahalokat sodir bo‘lgan — Vrbovets shaharchasi osmonida ikkita yo‘lovchi samolyoti bir-biri bilan to‘qnashgan. Lontondan Istanbulga uchayotgan British Airways aviakompaniyasining HS-121 Trident 3B avialayneri endigina havoga ko‘tarilgan Xorvariyaning Split kurort shahridan Germaniyaning Kyoln shahriga uchayotgan Inex-Adria Aviopromet aviakompaniyasining McDonnell Douglas DC-9-31 samolyotining qanotiga urilib ketgan. Fojia oqibatida ikkala samolyotdagi barcha yo‘lovchilar hamda yerda bo‘lgan yana bir fuqaro — jami 177 kishi halok bo‘lgan.

    Trident 3B bortida 54 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi, McDonnell Douglas DC-9-31’da esa 108 nafar yo‘lovchi — asosan turistlar va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ob-havo va ko‘ruvchanlik a’zo darajada bo‘lgan, samolyotlar to‘liq soz holatda, ekipajkar tajribali, uchuvchilarning har biri 10 ming soatdan ortiq parvoz qilgan mutaxassislar edi. To‘qnashuv Zagreb uzra havo harakati boshqarmasi ishining qoniqarsiz tashkillashtirilgani va dam olmagan dispetcherning xatosi sabab yuzaga kelgan.

    O‘sha vaqtda Zagreb uzra parvozlar Yevropada eng ko‘p samolyot uchadigan havo makonlaridan biri bo‘lgan, ammo dispetcherlar juda yetishmagan va ularning barchasi ham tajribali bo‘lmagan. 30 ga yaqin dispetcher bo‘lishiga qaramay, kamida yana shuncha xodim talab etilgan. Mazkur fojiaga qadar ham parvozlarda ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lib turgan, ammo jiddiy avariyalar yuzaga kelmagan. Ortiqcha ishlayotgan dispetcherlarning charchog‘iga rahbariyat ko‘z yumishni ma’qul ko‘rgan. Zagreb uzra beshta aviatrassa o‘tgan — G‘arbiy Yevropani Janubiy bilan, shuningdek, Shimoliy Afrikani Turkiya bilan bog‘lovchi.

    Balandlik bo‘yicha samo uch sektorga bo‘lingan: 7,62 kilometrgacha quyi, 9,45 kilometrgacha o‘rta va undan yuqori. Har bir sektorga dispetcher va uning yordamchisi biriktirilgan. Yaqin orada radar ham o‘rnatilgan bo‘lgan, biroq u noto‘g‘ri sozlangani sabab dispetcherlar uchuvchilarning xabarlariga tayanib ish ko‘rgan. Ertalabki smenaga 43 yoshli Yulio Daychich boshchilik qilgan, yuqori sektorga esa ketma-ket uch smenadan buyon ishlayotgan, asabiy holatga tushgan va qaysidir onda binoda bir o‘zi qolgan 28 yoshli Gradimir Tasich javob bergan.

    To‘qnashuvga bir necha soniya qolganida Tasich samolyotlardan biri xato yo‘naltirib yuborilganini tushunib qolgan. Havo kemalari bir-birini kesib o‘tuvchi yo‘nalish bo‘yicha uchgan. Yo‘riqnomani buzgan holda Tasich xorvat tilida vahimaga tushib ularni ogohlantira boshlagan, biroq endi kech edi.

    Sozlanmagan radar reysning noto‘g‘ri balandligini ko‘rsatgan, Tasichning hamkasblari uning e’tiborini shunga qaratishga uringan, ammo ular bir-birini yaxshi tushuna olmagan. Havodagi to‘qnashuvni Lufthansa aviakompaniyasining Trident 3B samolyotidan 25 kilometr uzoqlikda kelayotgan Boeing 737 ekipajini ko‘rgan. U o‘rta sektor dispetcheri bilan bog‘lanishga uringan, biroq buni amalga oshirish oson kechmagan.

    Ikkala samolyot ham yerga qulagan, alohida bo‘laklar va odamlar dala hamda uylar ustiga qulagan.

    Tergov natijalariga ko‘ra, Zagreb markazi dispetcheri Gradimir Tasich qasddan uyushtirilmagan qotillikda ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan, ammo bu butun dunyodagi aviator va aviadispetcherlar noroziligini yuzaga keltirgan. Qator noroziliklardan keyin ish Yugoslaviya Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, 1978-yilning noyabrida — qamalganidan ikki yil o‘tib Tasich ozod etilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Tolyattidan chiqqan “kopeyka”, signal berishga ulgurmay cho‘kib ketgan Britaniya kemasi va tarixda qolgan “Attika” isyoni. Kun xronologiyasida 9-sentabr

    10.09.2022, 09:30   Izoh (0)   27885
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy: Ukraina armiyasi Xarkov viloyatida 30 dan ortiq aholi punktini ozod etdi

    10.09.2022, 09:04

    Bahslar, ajrashuvlar, unvondan mahrum qilish. Yelizaveta II hukmronligi davrida qirollik oilasida qanday mojarolar bo‘lgan? (video)

    09.09.2022, 20:23

    YI kengashi Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatishni ma’qulladi. Qaror 12-sentabrdan kuchga kiradi

    09.09.2022, 16:34

    Balakleya ustida Ukraina bayrog‘i. Donbass shimolida o‘yinchoq blokpost. Urushning 197-kunidan fotoreportaj

    09.09.2022, 16:08

    Ruminiya harbiy kemasi Qora dengizda minaga to‘qnashib, portlab ketdi

    09.09.2022, 15:37

    Rossiyada turli darajadagi uch kunlik saylovlar boshlandi

    09.09.2022, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.