Balakleya ustida Ukraina bayrog‘i. Donbass shimolida o‘yinchoq blokpost. Urushning 197-kunidan fotoreportaj
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylar Xarkov viloyatidagi Balakleya shahri ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qildi. “Ukraina bayrog‘i ozod Ukraina osmoni ostidagi ozod ukrain shahrida!” deyilgan prezident Telegram kanalida chop etilgan video izohida. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuz boshidan beri Ukraina armiyasi ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi o‘nlab aholi punktlarini ozod qilgan.
Rossiyaliklarning Gruziyaga kirishi ommaviy ravishda taqiqlana boshladi, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha esa 19-sentabrdan boshlab turistik Shengen vizasi bor rossiyaliklarning kirishiga ruxsat bermaydigan bo‘ldi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Sankt-Peterburglik munitsipal deputatlar Davlat Dumasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni davlatga xiyonat sababli lavozimidan chetlatishni talab qildi — ular politsiyaga chaqirildi. Meduza urushning 197-kuniga oid asosiy fotosuratlarni jamladi.