• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qabrga hech kim tegmagan, tegishga haqi ham yo‘q”. Samarqanddagi Amir Temur qabri yana ochilgani haqidagi xabar rad etildi (video)

    Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Amir Temur maqbarasida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotgani xabar berilgan edi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda boshqacha talqin qilinib, Amir Temur qabri ochilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. “Daryo” muxbiri tarqalgan mish-mishlarga aniqlik kiritish maqsadida vaziyatni o‘rgandi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan majmuani qayta ta’mirlash uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Tegishli tashkilotlarning ilmiy asoslangan xulosalari yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilib, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari olib borilayotganligi haqida xabar chiqqanidan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli mish-mishlar tarqala boshladi. Xususan, kimdir ulug‘ sarkardaning ruhi bezovta bo‘lsa, urush boshlanishi haqida yozib, Sovet arxeologlari Temur qabrini 1941-yilning iyun oyida, Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan bir necha kun avval ochganligini yozgan. Yana kimlardir joriy yilning 23-fevralida, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro arafasida ham qabr ochilganligini bildirgan.

    “Samarqand restavratsiya direksiyasi” markazi direktori Baxrillo Abdullayevning ta’kidlashicha, 35 nafar samarqandlik mohir usta ishlayotgan ta’mirlash ishlarida maqbaraning gumbaz qismidagi plitkalar, kirish qismidagi peshtoq va naqsh bezaklari almashtirilmoqda. Maqbaraning pastki qismi, xususan qabrlarda ta’mirlash ishlari olib borilgani yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Ta’mirlash ishlarida 35-40 yillik ish tajribaga ega 35 nafar samarqandlik mohir usta ishlamoqda. Maqbaraning gumbaz qismidagi plitkalarni almashtirayapmiz. Kirish qismidagi uchta peshtoqning naqsh bezaklari almashtirildi. Maqbaraning pastki qismi, xususan, qabrlarda ta’mirlash ishlari olib borilgani yo‘q. Ish deyarli yakuniga yetdi. Yuvib-tozalash, havzalarni yig‘ishtirish ishlarini bajaryapmiz. Ikki-uch kunda ta’mirlash ishlari tugaydi. Odamlar o‘zlari kelib ko‘zi bilan ko‘rishlari mumkin. Qabrga teginish uchun ekspertlar kengashining ruxsati kerak”, — deydi Baxrillo Abdullayev.
    Biz bilan suhbatda bo‘lgan Amir Temur maqbarasi direktori Xushnud Abdullayev jamoatchilikdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli gap-so‘zlarga ishonmaslikni so‘rab, maqbaradagi qabrlarga teginilmaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bu gaplarning hammasi mish-mish. Qabrga hech kim teginmagan va tegishga haqi ham yo‘q. Qolaversa, bu yerga har kimni ham kiritavermaymiz. Faqat maxsus delegatsiya mehmonlari kirishadi. Joriy yilning fevral oyida ham shunday gaplar bo‘lgan edi. Qabr ochildi, Ukraina va Rossiya urishi boshlandi, deyishgandi. O‘sha vaqtda ham ekspertlar kelib ko‘rishdi. Hech kim tegingani yo‘qligiga guvoh bo‘lishdi. Qabr oxirgi marta 1941-yil ochilgan. Qabrni ochishga hech kimning haddi sig‘maydi”, — deydi Xushnud Abdullayev.
    Xushnud Abdullayevning ma’lumot berishicha, ta’mirlash ishlari uch bosqichdan iborat. SHHT sammiti tugaganidan so‘ng ham ta’mirlash davom ettiriladi.
    Men ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan, turistlar va mahalliy sayyohlardan har xil mish-mishlarga ishonmaslikni so‘rardim. Agar ularga juda qiziq tuyulayotgan bo‘lsa bemalol kelib ziyorat qilib ketishlari mumkin”, — deydi mas’ul.
    Amir Temur maqbarasida faoliyat yurituvchi xodim Odil Barotovning aytishicha, maqbaraga kelgan ziyoratchilar ham qabr ochilganmi degan savollarni bermoqda. 

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bu maqbara 1404-yilda Amir Temur tomonidan to‘ng‘ich nabirasi Muhammad Sultonga atab qurilgan. Amir Temur o‘lganidan so‘ng taxt vorisi sifatida Muhammad Sultonni vasiyat qilgan. Lekin Muhammad Sulton Amir Temurdan oldin, 1403-yilda Ozarbayjonda 29 yoshida olamdan o‘tganidan keyin valiahdni Samarqandga olib kelib, o‘zi qurdirgan madrasaning hovli ichiga dafn etgan. Bu yer maqbara bo‘lmasidan avval Muhammad Sultonning madrasasi bo‘lgan. Maqbaraning chap tomonida madrasa, o‘ng tomonida xonaqoh bo‘lgan. Maqbarada hozirgi kunga qadar uch marta 1941, 1945- va 1996-yilda ta’mirlangan. Hozirgi paytda maqbara ochilgan degan har xil mish-mishlar tarqalmoqda. Ziyoratchilar ham kelib maqbara ochilganmi deya savol berishmoqda. Yo‘q, maqbara hozirgacha faqat 1941-yilda birinchi va so‘ngi marta, ya’ni Temur vafotidan 536 yil o‘tib ochilgan. Undan keyin hech kim teginmagan. Agar kimda shubha bo‘layotgan bo‘lsa, ziyoratga kelib o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin”, — deydi Odil Barotov.
    Odil Barotovning qo‘shimcha qilishicha, 1941-yilning 16—22-iyun kunlari Sovet Ittifoqi hukumatining maxsus qarori bilan Go‘ri Amir maqbarasidagi Temuriylar sulolasi qabrlari ochilgan. Professor Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan ekspeditsiya davomida Amir Temur, uning o‘g‘illari va nabiralarining jasadlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida antropolog olim Mixail Gerasimov Amir Temur qiyofasini yaratgan. Ekspeditsiyaning maqsadi — Amir Temur qabrini aniqlash va O‘rta asrlarda yashab, faoliyat yuritgan Temuriylar sulolasini ilmiy asosda tekshirib o‘rganish deb ko‘rsatilgan.
    Amir Temurning qabri 21-iyunda ochilib jasadi chiqariladi. Aynan ushbu kunning ertasiga, 22-iyun kuni Germaniya qo‘shinlarining sobiq Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirganligi sababli ayrimlar mazkur voqeani Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga ta’sir qilgan “ilohiy omil” sifatida qaragan. Qabrlarni ochish jarayonini tasvirga olgan taniqli kinooperator Malik Qayumov ‘Hayotim — kinematografiya’ nomli kitobida Amir Temur qabri ochilganlini eshitgan uchta chol qabrni ochsa urush ruhi chiqadi degan gaplarni xotirlagan.

    Shundan so‘ng Malik Qayumov bu gaplarni Stalingacha yetkazib, Temur suyaklari qaytadan dafn etilgan. Yana bir tasodif bilan aynan Amir Temurning jasadi qabrga qaytarilgach va qabr yopilgach Sovet Ittifoqi qo‘shinlari g‘alabalarni qo‘lga kiritishni boshlagan. Biroq ushbu hodisalarning bir vaqtda bo‘lganligi tasodif ekanligining ehtimoli katta. Chunki Ikkinchi jahon urushi 1939-yilda Germaniyaning Polshaga hujumidan boshlangan. Gitlerning Sovet Ittifoqiga hujum qilish bo‘yicha “Barbarossa” rejasi esa 1940-yildayoq tasdiqlanganligi aytiladi”, — deydi Odil Barotov.

    2022-yilning 26-fevral kuni ham “O‘zbek arxeologlari 23-fevralda Temur qabrini ochdi”, degan xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston fanlar akademiyasi esa bu xabar yolg‘on (feyk) ekanligini ta’kidlagandi.

    09.09.2022, 19:12   Izoh (0)   33153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda bir o‘rkachli tuyaning qadimgi qoyatosh surati topildi

    09.09.2022, 18:58

    Oliy sudning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining barcha xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar rad etildi

    09.09.2022, 18:51

    O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziyadagi Halol mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

    09.09.2022, 18:19

    Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

    09.09.2022, 17:47

    “Tasvir ma’lumotlarining yig‘ilishini bolalar va ota-onalar sha’ni va qadr-qimmatini buzish deb hisoblayman” — huquqshunos maktabda qizlarning yechinib-kiyinish xo...

    09.09.2022, 17:37

    Saudiyalik tadbirkor O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik qiladi

    09.09.2022, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.