Jidda shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasida saudiyalik yirik tadbirkorlardan biri Muhammad Sindi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Suhbat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar, respublikadagi investitsion va turistik muhitning jozibadorligi hamda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati haqida ma’lumot taqdim etilgan.
Muhammad Sindi O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi va o‘tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuvlar hozirgi kunda saudiyalik biznesmen-sarmoyadorlarda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirganini ta’kidlagan.
Xabarda aytilishicha, u O‘zbekitonda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ochish niyatida. 2022-yil oktabrida O‘zbekistonga safar qilishni rejalashtirmoqda.