Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayrim saytlarda 2021-yilning dekabrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumi Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida Amir Temur qabrini ochish bo‘yicha qaror qabul qilib, 2022-yilning 23-fevralida arxeologlar tomonidan maqbara ochilgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati buni rad etdi.

Raddiyada ta’kidlanishicha, ushbu xabar yolg‘on bo‘lib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qo‘yilmagan. Arxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan.

Shuningdek, xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti hisoblanishi, u 1970-yilda vafot etgani, tarqalgan xabar esa 1941-yildagi ma’lumotlar asosida tayyorlangani bildirilgan.

“Ma’lumot tarzida qayd etish lozimki, Go‘ri Amir maqbarasi 1941-yilning 16—22-iyun kunlari hukumatning maxsus qarori bilan ochilgan bo‘lib, ekspeditsiyaga professor Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Amir Temur o‘g‘illari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulug‘bek, 1941-yilning 19-iyunida Amir Temur qabri ochilgan. Undan so‘ng Amir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan.

Antropolog M.M.Gerasimov o‘zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942-yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lingach, qaytadan o‘z joylariga dafn etilgan”, — deyiladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabarida.

Madaniyat vazirligi ham tarqalgan xabar hech bir asosga ega emasligini, arxeologik tadqiqot olib borish uchun tegishli tartibda davlat organlari hamda vakolatli tashkilotlardan ruxsat olinishi kerakligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi