Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. “E-auksion” portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra hovli sotilgan.
Lot auksionga jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani MIB tomonidan joylashtirilgan edi. 2 qavatli uy 10 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,13 gektar. Binoning maydoni — 839 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud.
Lot izohida yozilishicha, xonadonda odamlar istiqomat qiladi.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi 10 mlrd so‘m edi. 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan savdoda hovli qariyb ikki barobarga — 5,6 mlrd so‘mga sotildi.
Auksion g‘olibi sifatida Xurshid Zuxurov ko‘rsatilgan. U “Lord Kids”, “Marini-uz” va “Tomato Pro” kabi yettita kompaniyaning ta’sischisi hisoblanadi.
Izoh (0)