O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov Rossiya fanlar akademiyasi sessiyasi o‘tkazilgan Sharqiy iqtisodiy forumda dollar va yevrodan voz kechish hamda milliy valyutalar to‘lov tizimlarini yaratish haqida e’lon qilingan xabarga izoh berdi.
“SHHT doirasida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish masalasi muhokama etilmaydi. Konseptual, boz ustiga, huquqiy maqomga ega bo‘lmagan hujjat loyihasi haqida gap ketyapti. Yo‘l xaritasi loyihasi hali oxirigacha muvofiqlashtirilmagan, uni ishlab chiqishda SHHTning ayrim davlatlari ishtirok etmayapti”, — dedi Rahmatulla Nurimbetov.
Izoh (0)