Buxoro shahrida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Buxoro tumanidagi “Madaniyat” MFY hududida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.T. fuqaro G.dan 2900 dollarni 31,6 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)