Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat Ekopatrul tomonidan Farg‘ona shahridagi San’at saroyi hududida navbatdagi tungi nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Davlat ekologiya boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolarga tungi sayr davomida bog‘ hududidagi yosh ko‘chatlarga ziyon yetkazmaslik, atrof muhitni turli xil chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish yuzasidan tushunchalar berilgan.
Bundan tashqari, tamaki va boshqa turdagi chiqindi qoldiqlarini belgilanmagan joyga tashlaganlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)