Burkina-Fasoda avtomobillar karvoni ichida ketayotgan avtobus qo‘lbola portlovchi qurilmaga urilishi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi, deb yozadi Deutsche Welle.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mamlakat shimolida ichida tinch aholi bo‘lgan avtobusda yuz bergan — bu hududda so‘nggi yillarda jangarilar hujumi kuchaygan. Karvon poytaxt Uagaduguga ketayotgan edi.
“Qurbonlar, asosan, Uagadugu shahridan tovar sotib olmoqchi bo‘lgan savdogarlar va yangi o‘quv yili uchun poytaxtga qaytayotgan talabalar”, — dedi aholidan biri.
Qayd etilishicha, jangari guruhlar so‘nggi paytlarda shimoliy poytaxt Dori va Jibo shaharlariga olib boruvchi arterial yo‘llar bo‘ylab ham shunday hujumlar uyushtirgan. Avgust oyi boshida xuddi shu hududda sodir bo‘lgan qo‘shaloq portlashda 15 nafar harbiy halok bo‘lgandi.
Izoh (0)