• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mona Liza”ni o‘g‘irlashda gumonlangan fransuz shoiri, otib ketilgan afsonaviy reper Tupak Shakur va “Sem amaki”ning paydo bo‘lishi. Kun xronologiyasida 7-sentabr

    7-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Sem amaki” iborasining paydo bo‘lishi, “Mona Liza”ni o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olingan fransuz shoiri va hip-hop afsonasi deya ta’riflanadigan Tupak Shakurning otib ketilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    AQSH timsoli bo’lib qolgan “Sem amaki” qayerdan paydo bo‘lgan? Uni atay yaratishganmi?

    1813-yilning 7-sentabrida AQSH hukumati tomonidan rasman qo‘llangan “Sem amaki” iborasi Nyu-York shtatining Troy shahrida yashagan go‘sht qadoqlovchi Semyuel Uilson ismi bilan bog‘liq. Fuqarolik burchini bajarishga chaqirib, ko‘rsatkich barmog‘ini tomoshabinga qaratgan “Sem amaki”ning portreti dastlabki suratdan 60 yil o‘tganidan so‘ng dunyoga kelgan. Odamlarga ta’sir ko‘rsatgan “Sem amaki” plakatining g‘oyasi asosida ko‘pdan ko‘p variatsiyalarda, shu jumladan, “Ona vatan” sovet plakati ham vujudga kelgan.

    Foto: RT

    “Sem amaki”ni dunyoga tanitgan karikatura

    “Sem amaki” iborasining kelib chiqishi hanuzgacha juda ham ko‘p bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Odatda “Sem amaki” deyilganida 1812—1815-yillarda Angliya bilan bo‘lgan urush paytida amerikalik askarlarga go‘sht yetkazib berib turgan savdogar Semyuel Uilson ushbu iboraning kelish chiqish manbai deb qaraladi. Semyuel Uilson yetkazib berayotgan mol go‘shtining bo‘laklariga bu davlat buyurtmasi ekanini bildirish uchun “U.S.” harflari bilan belgilangan tamg‘a bosgan. Ammo askarlar bunday tamg‘a bosilgan boskalarni “Sem amakining ovqati” deb atagan, mahalliy gazetasi esa bu voqeani bosib chiqargan. Shundan buyon “Sem amaki” iborasi AQSH federal hukumatining o‘ziga xos nomi sifatida mashhurlikka erishgan.

    1860—1870-yillarda karikaturachi Tomas Nast “Sem amaki”ning imijini ommalashtirgan. Rassom unga oq soqol va yo‘l-yo‘l yulduzchalarga ega kostyum “kiygizgan”. Asli kelib chiqishi nemis bo‘lgan Nast zamonaviy Santa-Klaus obrazini, shuningdek, Demokratlar partiyasi timsoli bo‘lgan eshak, respublikachilar partiyasining timsoli filni yaratgan deya e’tirof etiladi.

    Biroq “Sem amaki”ning eng ommalashgan obrazini rassom Jeyms Montgomeri Flegg yaratgan. Uning versiyasiga ko‘ra, “Sem amaki” boshiga baland silindr kiyib olgan, ko‘k pidjakda, uning nigohlari esa sizga qaratilgan. Birinchi jahon urushida “Sem amaki”ning portreti ostiga “Sizning AQSH armiyasida xizmat qilishingizni xohlayman” yozuvi tushirilib, armiyaga jalb etish reklama kampaniyasi sifatida foydalanilgan. Bundan tashqari, aynan shu obraz 1916-yilda “Lesli” haftalik jurnalining muqovasida “Sen tayyormisan?” yozuvi bilan bosib chiqarilgan. Plakat keng tarqalib, bir necha bor turli shior va chaqiriqlar bilan ommalashgan.

    Foto: Pikabu

    1961-yilning sentabrida AQSH Kongressi Semyuel Uilsonni Amerikaning milliy ramzi — “Sem amaki”ni yaratganini tan olgan. Uilson 1854-yilda 88 yoshida vafot etgan va Troy shahridagi qabristonga — rafiqasi Betsi Menn yoniga ko‘milgan. Hozirda Troy shahrini “Sem amaki”ning uyi deb atashadi.

    “Mona Liza”ning o‘g‘irlanishi ortidan uning mashhurlikka erishishi

    1911-yilning 7-sentabrida fransuz shoiri, XX asr boshlaridagi Yevropa avangardining eng yirik vakillaridan biri Giyom Apolliner “Mona Liza” kartinasini o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olingan edi. Syurrealizm asoschilaridan biri hisoblanuvchi Apolliner aslida kim edi? Rostdan ham u Leonardo Da Vinchining butun dunyoga mashhur kartinasini o‘g‘irlaganmi? Quyida shoirning ijodi va unga bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

    Foto: “Muzobozrenie.ru”

    Giyom Apolliner XX asr boshlarining eng ko‘zga ko‘ringan adabiyot namoyondalaridan biri hisoblanadi. Uning yorqin adabiy karyerasi san’atda futurizm, kubizm, dadaizm va syurrealizm kabi yo‘nalishlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Ajoyib rassom, hikoyanavis, harbiy — Giyom Apolliner avangard xulq-atvorning namunasiga aylangan.

    Apolliner kam, biroq qiziqarli hayot kechirgan. Taqdir taqozosi bilan fransuz adabiyotining klassigining Uchinchi respublika pasporti bo‘lmagan (shaxsni tasdiqlovchi hujjatni u o‘limidan ikki yil oldin olgan). Italiya va Rossiya fuqarosi bo‘lgan shoir Parijda xorijlik sifatida yashagan. U tez-tez arzon haq to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Tug‘ma iqtidori va san’atga bo‘lgan muhabbatigina Giyom Apollinerni shafqatsiz doiradan chiqib, odamlarga qo‘shilishiga yordam bergan.

    Giyom Apollinerning haqiqiy ismi — Velgelm Albert Vladimir Aleksandr Apollinariy Vonj-Kostrovitskiy. U 1864—1864-yillarda qo‘zg‘olon omadsizlikka uchragach, Rossiyadan ko‘chib ketgan polyak dvoryanining qizi — Angelika Kostovitskiyning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘lidir. Bolaning otasi kim bo‘lgani noma’lumligicha qolgan. Giyomning otasi onasining yaqin do‘sti bo‘lgan italiyalik aristokrat Franchesko Flyuji d’Aspermont degan taxminlar mavjud. Ammo bundan ham qiziq versiyalar bor. Kostrovitskiylar oilasiga ko‘ra, Giyom Apollinerning otasi fransuz imperatori Napoleon Bonapart bo‘lgan.

    Apolliner hamda uning rafiqasi Jaklin

    Apolliner hamda uning rafiqasi Jaklin
    Foto: Wikipedia

    Apolliner mashhur adabiyotshunos, taniqli inson bo‘lishiga qaramay, o‘z xohishiga ko‘ra Birinchi jahon urushida ishtirok etish uchun frontga yo‘l olgan. 1916-yilda u boshiga snaryad bo‘lagi kelib teggan. Uning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar shoirning bosh chanog‘ini operatsiya qilgan. Og‘ir yaradorligiga qaramay, u adabiyot bilan shug‘ullanishni davom etgan. 1917-yilda Jon Kokto, Pablo Pikasso va Erik Sati kabi do‘stlari Sergey Dyagilevning buyurtmasiga ko‘ra, balet yozgan. Baletni sahnalashtirish bilan esa Giyom Apolliner shug‘ullangan. Aynan o‘shanda u birinchi marta san’atda fikrlarining zohiriy ifodasini tasvirlovchi “syurrealizm” terminini qo‘llagan.

    1911-yilning 7-sentabrida Apolliner “Mona Liza”ni o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olingan. O‘g‘irlikda uning do‘sti — ispaniyalik mashhur rassom Pablo Pikasso ham gumonlangan. Biroq necha kundan keyin shoirning o‘g‘irlikka hech qanday aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Kartina o‘zini Luvr xodimi sifatida tanishtirgan italiyalik Vinchenso Peruja tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va u “Jakonda”ni Florensiyadagi “qora bozor”da sotishga uringan.

    Kartinani o‘g‘risi yoki qahramon?

    Yuqorida qayd etilganidek, kartinani Luvr xodimi, muzeyda dekorator-rassom bo‘lib ishlagan Vinchenso Peruja o‘g‘irlagan. Uning barmoq izlari “Jakonda”ning romida qolgan bo‘lsa-da, politsiya negadir uni izlash bilan shug‘ullanmagan. Agarda Peruja kartinani Italiyaga olib chiqib ketib, uni kolleksioner Alfredo Jeriga sotishga urinmaganida, balki qo‘lga tushmagan bo‘lardi.

    Foto: AP Photo

    Perujaning shedevrni sotishga bo‘lgan urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Uffitsi galereyasi direktoridan kartina ekspertizasida yordam so‘ragan Alfredo Jeri qarshisida butun Fransiya politsiyasi qidirayotgan xazina turganini anglab yetgan. O‘g‘ri ushlangan va sudlangan.

    Peruja Fransiyada emas, aynan Italiyada sudlangani uning omadi bo‘lgan. Chunki o‘g‘irlikni u “Napoleon tomonidan olib ketilgan” shedevrni vataniga qaytarish uchun sodir etganini aytgan. Aftidan, Peruja “Mona Liza”ning Fransiyaga borib qolishiga Napoleonning aloqasi bo‘lmaganini bilmagan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, kartina bir necha yil fransuz imperatorining yotoqxonasida osig‘liq turgan.

    Vinchenso Peruja

    Vinchenso Peruja
    Foto: Artifex

    O‘g‘ri bir yildan ko‘proq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq milliy qahramonga aylangan Peruja tez orada ozodlikka chiqarib yuborilgan.

    Birinchi sahifalarda

    “Jakonda”ning o‘g‘irlanishi va uni qidirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gazetalar tinimsiz yozib borgan. “O‘shanda fransuz xalqi shu qadar qimmatbaho xazinasi borligidan xabar topgandir”, — deya hazillashadi ayrimlar.

    Hazillarga qaramay, gazetachilar kartinani shu qadar reklama qilib yuborganki, birorta bir reklama agentligi juda katta pulga ham buni uddalay olmagan bo‘lardi. Va bu nafaqat Fransiyada ro‘y bergan. 1914-yilda kartina Luvrga qaytarilgach, u haqida yanayam ko‘proq yozishni boshlashgan. Aynan shu voqeadan keyin “Mona Liza”ni butun dunyo taniydigan bo‘lgan.

    Hip-hop afsonasining o‘ldirilishi

    1996-yilning 7-sentabr kuni hip-hop afsonasi Tupak Shakurga suiqasd uyushtirilgan edi, oradan olti kun o‘tgach u vafot etgan. Reperning o‘limiga qorin qismiga otilgan beshta o‘q sabab bo‘lgan. Biroq g‘ayrioddiy o‘lim va qotil hamon topilmagani uning muxlislari tomonidan ko‘plab konspirologik versiyalarni yuzaga keltirgan.

    Tupak Shakur eng muvaffaqiyatli hip-hop ijrochisi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan

    Tupak Shakur eng muvaffaqiyatli hip-hop ijrochisi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan
    Foto: Global Look Press

    Rasmiy versiyaga ko‘ra, Tupak 1996-yilning 7-sentabr kuni Mayk Tayson va Bryus Seldonning boks jangidan keyin otib ketilgan. Qotillik sodir etilgan vaqtda reper o‘z menejeri Shug Nayt bilan birga mashinada bo‘lgan. Ular Los-Anjelesdagi klubga ketayotganida oq Cadillac kelib to‘xtagan va uning orqasidan 14 marotaba o‘q uzilgan.

    Boshidan yaralgan Nayt omon qolgan bo‘lsa-da, o‘qlar reperga og‘ir jarohat yetkazgan. Tupak zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan va u sun’iy komaga tushirilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, reperning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. 13-sentabr kuni o‘lim holati qayd etilgan, ertasi kuni Shakurning jasadi krematsiya qilingan.

    Hip-hop afsonasi bo‘lgan Tupak Shakur 1971-yilning 16-iyunida Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan (ko‘cha ansambli a’zosi bo‘lgan), san’at maktabida aktyorlik mahoratiga o‘qigan, Shekspir pyesalarining sahna ko‘rinishlarida rol ijro etgan. Shakur repga 1987-yilda kirib kelgan, debyut studiya albomi — 2Pacalypse Now oradan to‘rt yil o‘tgach chiqqan. Janr tarixida eng ko‘p sotiladigan artistlardan biri hisoblanuvchi Tupakning jami 11 ta plastinkasi bo‘lib, ularning oltitasi uning o‘limidan so‘ng chiqarilgan.

    Reperlar Tupak Shakur va Snoop Dogg yaqin do‘st bo‘lgan va birgalikda bir nechta qo‘shiq yozgan. Suratlarda reperlarning saylovchilar mitingidagi holati tasvirlangan, 1996-yil

    Reperlar Tupak Shakur va Snoop Dogg yaqin do‘st bo‘lgan va birgalikda bir nechta qo‘shiq yozgan. Suratlarda reperlarning saylovchilar mitingidagi holati tasvirlangan, 1996-yil
    Foto: AP Photo

    Rep ijrochi o‘z ijodida asosan Amerika jamiyatidagi tengsizlikka qarshi kurashga e’tibor qaratgan. Shakur ijtimoiy muammolarni olib chiqib, AQSHdagi qora tanlilar va boshqa aholi o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga uringan. Shakur ijodidan 50 Cent, Ja Rule, Lil Wayne, Freddi Gibbs va hatto Eminem kabi rep-ijrochilar ilhomlangan.

    2005-yilda Roling Stone jurnali Tupakni “Abadiylar: barcha davrlarning eng zo‘r 100 qo‘shiqchisi” ro‘yxatining 86-pog‘onasiga joylashtirgan. Shuningdek, u haykal o‘rnatilgan birinchi reperga aylangan.

    Tupak Shakur otib ketilganida endigina 25 yoshga to‘lgan edi. Uzoq yillar davomida suiqasd ishi ochilmay kelgan, biroq 2018-yilda gangster Dueyn Kit Devis (Shakurga o‘q uzilgan mashinada bo‘lgan) uni  Baby Lane laqabli jiyani otganini ma’lum qilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, u ham otishmada halok bo‘lgan.

    Reperni kim o‘ldirgan?

    Chak Filips — Los Angeles Times gazetasining jurnalisti reperni aslida kim o‘ldirganini bilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shakurni MGM Grand mehmonxonasidagi janjal uchun o‘ch olishni maqsad qilgan Orlando Anderson otib ketgan. Shuningdek, jurnalistning ta’kidlashicha, qotillik quroli Sharqiy qirg‘oq tomonining reperi bo‘lgan Kristofer Uolles (Notorious B.I.G.) tomonidan olib kelingan.

    Tupak Shakur otib ketilgan mashina

    Tupak Shakur otib ketilgan mashina
    Foto: Celebrity Cars Las Vegas

    O‘sha kuni Orlando Makaveli to‘dasi tomonidan kaltaklangan va u “og‘alaridan” yordam so‘rab borgan, natijada Shakurni o‘ldirish hamda buning ortidan yaxshigina pul ishlab olish reja qilingan. Gap shundaki, Notorious B.I.G. ning o‘zi ham Los-Anjelesda bo‘lgan. Mojarodan xabar topgan Vest-Sayd qiroli Tupakning o‘ldirilishi uchun 1 million dollar va qotillik uchun o‘z qurolini berishni va’da qilgan.

    Oradan bir soat o‘tgach, topshiriq bajarilgan. Biggie Smalls banditlarni dastlabki to‘lov — 500 ming dollar bilan mukofotlagan. Notorius qolgan pulni qanday to‘lagani noma’lum. 1997-yilda uni ham shu kabi taqdir kutib olgan: reper xuddi shunday vaziyatda mashinasida otib ketilgan. 1998-yilda esa Orlando Anderson ham o‘ldirilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Magellanning omon qolgan yagona kemasi, maxfiy samolyotda Yaponiyaga qochib o‘tgan sovet uchuvchisi va siam egizaklari operatsiyasi. Kun xronologiyasida 6-sentabr

     

    07.09.2022, 09:30   Izoh (0)   25123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Putinga munosabat va Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa Ittifoqini qish faslida jiddiy muammolarga olib keladi” — Erdo‘g‘on

    06.09.2022, 22:29

    Myanma rahbari mamlakatda Rossiya harbiy bazalarini yaratish imkonsizligini aytdi

    06.09.2022, 21:51

    Indoneziyada yonilg‘i narxining birdaniga 30 foizga oshishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda (video)

    06.09.2022, 21:21

    Kuchli “Xinnamnor” tayfuni Sharqiy Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyani qamrab oldi. Minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda (video)

    06.09.2022, 20:52

    Xitoyda sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 65 taga yetdi (video)

    06.09.2022, 18:52

    Janubiy Koreyaga kirish uchun majburiy PZR-testi bekor qilindi

    06.09.2022, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    Layfstayl | 18 may, 14:55

    Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 14:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova nega ozib ketdi? Sabrina Jabborova “Gelik” rulidagi qizni kechirdi, Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida qatnashmoqda

    Shou-biznes | 18 may, 13:50

    Google sun’iy intellektga asoslangan yangi ko‘zoynak taqdim etdi

    Dunyo | 18 may, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.