Dollarning asosiy valyutalarga nisbatan kursi o‘sishni boshladi, yevro va funt sterling esa tushib bormoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Savdo ochilishida valyuta 1 funt sterling uchun 1,14 dollarga tushdi. Bu 1985-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Bugungi kun hisobidan valyuta 1 funt sterling uchun 1,1443 dollargacha tushib ketdi, bu so‘nggi 37 yildagi eng past ko‘rsatkich.
Avgust oyi oxirida yevro dollarga nisbatan 0,7 foizga pasayib, so‘nggi 20 yillik eng past ko‘rsatkichga yetgandi.
Yozning oxirgi haftasida yevro kursi ko‘tarila boshladi. Bugun, 5-sentabr kuni Yevropada ham gaz narxi keskin ko‘tarila boshladi – savdolar ochilishida uning narxi 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. “Shimoliy oqim”ning to‘liq yopilishi fonida uning narxi ko‘tarildi.
Avvalroq Britaniya iqtisodiyoti tobora yomonlashayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)