“Yuventus” yarim himoyachisi Artur “Liverpul”ga o‘tadi.
Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan suhbatlashgan.
Artur 2022/23-yilgi mavsumni “Liverpul”da ijara asosida o‘tkazadi. Shartnomada sotib olish bandi qo‘shilmagan. Mersisaydliklar futbolchining maoshi katta qismini to‘lab beradi.
Arturga yana 3 ta jamoadan taklif bor edi. Biroq futbolchi Qatardagi Jahon Chempionatidan oldin o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ushbu klubni tanladi.
O‘tgan mavsumda Artur “Yuventus” safida 31 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)