“Barselona” himoyachisi Serjinyo Dest faoliyatini “Milan”da davom ettiradi.
“Rossonerilar” 21 yoshli futbolchini ijaraga olganini e’lon qildi.
Fabrisio Romaning xabariga ko‘ra, milanliklar sotib olish huquqini ham shartnoma bandiga qo‘shgan. Agar bu band faollashtirilsa, Italiya klubi kataloniyaliklarga 20 million yevro to‘lab beradi.
Ortda qolgan mavsumda Dest La Ligada 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)