Hyundai’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — Hyundai Auto Asia kompaniyasi xaridorlar e’tiboriga M sinfiga oid miniven – Hyundai Staria avtomobilini taqdim etib, modellar qatorini yanada kengaytirdi.
Hyundai Staria – kosmosga qadam
Hyundai Staria’ning futuristik uslubdagi silueti yuqori texnologiyalarning nafisligini aks ettiradi, bu esa avtomobildagi safarlaringizni xavfsizroq va qulayroq qiladi, lekin bu shunchaki yangi dizayn estetikasi emas: avtomobil hashamatli minivenlarga yangi nazar bilan qarash imkonini beradi, ularni o‘ziga xos alohida sinfga ajratadi.
Hyundai Staria — bu minivenlarning kelajagi sari qo‘yilgan ulkan qadam. Ushbu avtomobil oynasidan tashqaridagi dunyo yanada go‘zalroq ko‘rinadi.
Miniven haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulaylik yaratish uchun ishlab chiqilgan. Salon maydoni turli xil turmush tarziga ega insonlar uchun cheksiz imkoniyatlar yaratib bera oladi. Hyundai Staria’ni oilaviy sayohatlar uchun ham, biznes avtomobili sifatida ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, Hyundai Staria konstruktorlari va dizaynerlari avtomobilning bo‘lajak egalariga nimalarni taklif etmoqda: Smart kalit yoningizda bo‘lsa salonning surma eshigi va yukxona eshigi avtomashinaga yaqinlashganingizda va salondan chiqqaningizda avtomatik ravishda ochiladi va yopiladi.
O‘rindiqlarni ko‘proq surishingiz va o‘zingizga moslashingiz mumkin, natijada avtomobil saloni yanada universal ko‘rinishga keladi va ichki makonni o‘zgartirish imkoni paydo bo‘ladi.
Avtomobilning bir nechta imkoniyatlarini sanab o‘tamiz:
- Haydovchi va yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan old va yon xavfsizlik yostiqchalari;
- Orqa va old to‘xtash datchiklari;
- Dinamik belgilarga ega orqa kamera;
- Ruldan boshqarish imkoniyatiga ega kruiz nazorati;
- Kalitsiz kirish imkoniyatini beruvchi Smart Key tizimi va dvigatelni ishga tushirish tugmasi;
- Tugmachalar bilan jihozlangan elektron uzatish qutisi (Shift-by-Wire);
- Uzatmalarni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan yaproqchalar;
- Masofadan boshqarish pultiga ega markaziy qulflash tizimi;
- Old oynalarni yuvish uchun mo‘ljallangan forsunkalarni isitish tizimi;
- Old oynalarni tozalash uskunasining parkovka hududini isitish tizimi;
- Ovozli boshqaruvga ega Bluetooth aloqa tizimi;
- Rul haqiqiy teri bilan qoplangan;
- Komplektatsiyadan kelib chiqqan holda 8 dyuymli LCD sensorli displeyga ega multimedia tizimi (Radio + RDS) yoki 10,25 dyuymli LCD sensorli displeyga ega multimedia tizimi (Radio + RDS + DAB) bilan jihozlanadi;
- 6 karnayli audio tizim;
- Yo‘nalish kompyuteri;
- Komplektatsiyadan kelib chiqqan holda 4,2 dyuymli LCD monitorga ega SuperVision uskunalar paneli + Rheostat yoki 10,25 dyuymli LCD monitorga ega SuperVision uskunalar paneli + Rheostat bilan jihozlanadi;
- Ichki eshik tutqichlariga metall bilan ishlov berilgan;
- Avtomobil saloni LED diodli chiroqlari bilan yoritiladi.
Hozirda avtomobil ikkita komplektatsiya va beshta rangda mavjud.
Hyundai Staria bilan yaqinroq tanishish uchun Hyundai Auto Asia dilerlik markazlariga tashrif buyuring.
Eslatib o‘tamiz, biz dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun yagona aloqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — 1248.
Hyundai olamiga xush kelibsiz!
Sayt: www.hyundai.com/uz/ru
Telegram: t.me/Hyundai_uzbekistan
Telegram bot: t.me/hyundai_uzbot
YouTube kanal: Hyundai Uzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)