Rossiya 1-sentabrdan boshlab Finlyandiyaga turistik viza olish uchun faqat dushanba kuni Moskva, Sankt-Peterburg, Petrozavodsk va Murmansk shaharlaridagi markazlarga murojaat qilishlari mumkin. Bu haqda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Viza arizalari bir ish kunida 500 tadan oshmasligi belgilab qo‘yilgan. Turistik vizalar uchun faqat Moskva, Sankt-Peterburg, Petrozavodsk va Murmanskdagi viza markazlariga murojaat qilish mumkin.
Agar viza uchun ariza noto‘g‘ri kategoriyaga topshirilgan yoki turistik vizaga arizalar qabul qilinmaydigan kunlarda murojaat qilingan bo‘lsa, qayta vaqtni belgilab, to‘g‘ri sanada murojaat qilish lozim.Avvalroq Finlyandiya hukumati 1-sentabrdan boshlab rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishni avvalgi darajaning o‘ndan bir qismigacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto joriy etilgan viza cheklovlari ramziy ma’noga ega ekanini aytdi.Shuni ham yodda tuting. Safarning asl maqsadidan boshqa toifaga murojaat qilish viza berish qaroriga ta’sir qilishi mumkin”, — deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, u Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bunday holda, viza narxi 35 dan 80 evrogacha ko‘tariladi.
Shu bilan birgalikda, Finlyandiya Estoniya singari rossiyaliklarga berilgan vizalarning amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirmagan.
Izoh (0)