“Bornmut” bosh murabbiyi Skot Parker “Liverpul”ga qarshi o‘yindan (0:9) so‘ng iste’foga chiqarildi.
Parker Yurgen Kloppning “Liverpul”iga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z lavozimidan ayrilgan oltinchi mutaxassisga aylandi, deya xabar beradi Whoscored’ga tayanib “Chempionat” nashri.
Avvalroq Franchensko Gvidolin (“Suonsi”, 2016-yil), Slaven Bilich (“Vest Hem”, 2017-yil), Slavisha Yokanovich (“Fulhem”, 2018-yil), Joze Mourinyo (“Manchester Yunayted”, 2018-yil) va Marku Silva (“Everton”, 2019-yil) mersisaydliklarga qarshi bahsdan so‘ng vazifasidan ozod etilgan.
41 yoshli Parker 2021-yil iyul oyia “Bornmut”ni qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionshipda 2-o‘rinni egallab, to‘g‘ridan to‘g‘ri APLga yo‘l olgandi.
Mavzuga doir: APLda 18 yil deganda ilk bor avgust oyida murabbiy ishdan olindi
Izoh (0)