Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida fuqaroning telefonini talonchilik yo‘li bilan olib qo‘ygan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 22-avgust kuni voyaga yetmagan J.M. va Q.F. “Yangibog‘” mahalla hududida joylashgan “Ijodkorlar bog‘i”da R.X.ni hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitgan. Ular narxi 1 million so‘m bo‘lgan Samsung A-11 telefon apparatini ochiqdan ochiq talonchilik yo‘li bilan tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib protsessual tartibda ushlangan.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)