Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanidagi “Navro‘z MFY hududida joylashgan chiqindi poligoni aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani aytilgandi. Xabarlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Yakkabog‘ tuman inspektorlari tomonidan borib o‘rganildi.
“Navro‘z” MFY hududidagi chiqindi poligoni uchun Yakkabog‘ tumani hokimi qarori bilan 5 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, atrofi o‘rab olinmagan. Kuchli shamol esishi oqibatida chiqindi tarkibidagi sellofan paketlar yon atrofga uchib, tartibsiz holga kelib qolgani aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu poligonda ishlar “Solitare Garden” DHSH zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, poligondagi qattiq maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida to‘liq rekultivatsiya qilinib, tuproq bilan ko‘mish ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, DHSHga poligon atroflarini o‘rash va ihotazorlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izoh (0)