Farg‘ona shahrida 18 mln so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi.
Fuqaro Q.O. IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 10-avgust kunidan 11-avgust kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Kashtanzor ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘konidan jami narxi 18 million so‘mlik turli rusumdagi uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.I sodir etgani aniqlanib, undan jabrlanuvchi Q.O.ga tegishli 6 dona telefon daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)