AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining axborot xizmati rahbari Egamberdi Xo‘jamurodov markaz tomonidan 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tomonidan “Eng namunali tuman va shahar” nominatsiyasiga 5 ta shahar va 9 ta tuman tavsiya qilingan.
“Eng namunali vazirlik va idora” respublika ko‘rik tanlovi uchun 21 ta vazirlik va idoralar ariza topshirgan.
Joriy yilda markaz tomonidan xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan 103 nafar yurt qahramonini o‘zida jamlagan “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi nashr qilingan.
22—25-avgust kunlari Toshkent shahrida “Ma’naviyat festivali” doirasida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilgan.
Izoh (0)