Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud yaqinda poytaxt Mogadishudagi Hayat mehmonxonasini egallab olib, 30 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan “Ash-Shabab” ekstremistik guruhiga qarshi “umumiy urush” e’lon qildi.
Davlat rahbari “Ash-Shabab” hujumidan fuqarolarning ortiq aziyat chekmasligi va boshqa qurbonlar bermasligi uchun hukumat guruhni yo‘q qilish niyatida ekanini ta’kidladi. U xalqdan “Ash-Shabob”ga qarshi amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.
“Al-Qoida” tashkilotiga aloqador “Ash-Shabab” jangarilari 19-avgust kuni kechqurun Somali poytaxti Mogadishudagi Hayat mehmonxonasida portlashlar uyushtirib, unga bostirib kirgan edi. Oqibatda kamida 30 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan. Mehmonxona binosiga jiddiy zarar yetgan.
Izoh (0)