Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun 1 mlndan ko‘proq yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda AOKAda Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat va Sportni rivojlantirish vazirliklari rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yilning aprel—iyun oylari davomida ilk marotaba o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da 6,2 million nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, 540 nafardan ortiq yoshlar tanlov va musobaqalarning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan.
Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasidagi tanlov va musobaqalarga arizalar joriy yilning 10-avgustdan 9-sentabrga qadar davom etadi.
“Yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)