“Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”dan fotoreportaj
Bugun Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Umumiy maydoni 7 gektar bo‘lgan ushbu markaz bir vaqtning o‘zida ming kishini qabul qiladi.
“Boqiy shahar” tarixiy majmuasida rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, savdo, kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va shaxmat maktabi joylashgan.
“Daryo” muxbiri “Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”dan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)