• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qizimning Azamat Ahrorovga turmushga chiqmoqchi bo‘lgani piar emasdi”. Shahzoda Muhammedovaning onasi qizi u bilan gaplashmay qo‘yishiga sabab bo‘lgan voqea haqida (video)

    Aktrisa Gulmira Muhammedova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida san’atga nima sababdan qaytgani, kino olamida uni nima qoniqtirmasligi, qizining tarbiyasida qattiq turgani, uni tanqid qilgani, Azamat Ahrorov Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, qizi bilan bu masalada kelisholmay bir muddat gaplashmagani, kuyovi qiziga puli uchun uylangani haqidagi mish-mishlarga javobi, vaqti kelib Shahzoda Muhammedova san’atni tark etishini aytsa, bunga munosabati haqida gapirdi.

    Gulmira Muhammedova nima sababdan san’atga qaytgani haqida

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    “Men 15 yildan buyon kino sohasida ishlayman, prodyuserlik sohasida ham faoliyat yuritib, bir nechta filmlarda va kliplarda epizodik rollarda ishtirok etganman. Hozirgi kunda esa bosh rollarni ham ijro etyapman. Ijodimda pandemiya davrida, qizimni turmushga bergan vaqtimda ikki yil tanaffus qildim. Qizimni Moskvaga turmushga berganimdan keyin men kino sohasidagi faoliyatimga qaytmayman deb o‘ylagandim. Tadbirkorlik ishlarimni hammasini boshidan boshlayotgan edim. Bu peshonaga yozilgan ekan, to‘g‘risini aytsam, bu narsa mening tushimda ayon bo‘ldi.

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    Tushimda sen san’atning odamisan, deb uyg‘otishar edi, nimaga bunaqa bo‘lyapti, deb hayron bo‘lardim. Bu tushimni qayta-qayta ko‘raverardim, lekin men bunga bo‘yin egmasdim va inkor etardim. Endi bo‘ldi, kech bo‘ldi, davr o‘tdi, 50 yoshga kirdik deganman, bu sohani o‘ylamaganman, qaytib kirish niyatim ham bo‘lmagan. Biroq peshonaga yozilganidan hech kim qochib qutulmas ekan. Agar siz san’atga kerak bo‘lsangiz, san’at sizni chaqirib olar ekan”, — deydi aktrisa.

    Aktrisani kino olamida nima qoniqtirmaydi?

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    Foto: Instagram /@gulmira_muxamedova

    “Men shunaqa rejissorlarni ko‘rganman, Shahzodani ilk bor kinoga olib kirgan yillarda rejissor Jahongir Ahmedov ‘Tundan tonggacha’ filmida aktyor, aktrisani holatga kirgizish uchun yaxshi dars bera olgan. Ko‘zlari bilan tushuntirib, holatga kirgizib, keyin suratga olish ishlarini boshlar edi. Hozirgi ko‘plab yosh rejissorlar esa shunaqa o‘ynaysiz deb tushuntirib beradi, bo‘ldi, o‘zingiz rol o‘ynab berishingiz kerak. Baribir aktrisani holatga kirgizishdan oldin rejissorning o‘zi o‘sha rolni o‘ynab berishi kerak deb bilaman”, — deydi Gulmira Muhammedova.

    Gulmira Muhammedova qizining tarbiyasida qattiq turgani, qizi u bilan ishlashni istamagan paytlari haqida

    “Ko‘p aktrisalarni kuzatyapmiz, yulduzlik kasalligiga uchrab qolyapti. Bu sinovli o‘tish davridan o‘tolmay qolayotganlari ham bor. Xuddi shu masalada men Shahzodaga qattiq turganman. Mayli, meni yomon ko‘rsang ham, oyog‘ing yerdan uzilmasin, qoqilmaslik uchun seni tanqid qiladigan inson bo‘lib qolaman der edim. Sahna ortida baribir urushib turadigan prodyuser bo‘ladi. Sahnaga chiqqanida qayerda xato qilayotgan yoki xatti-harakatlari noto‘g‘ri bo‘layotgan bo‘lsa, konsert bo‘ladimi yoki boshqa suratga olish jarayonlari bo‘ladimi, darrov sahna ortiga o‘tib, mana shu yerlarida xato qilayotganini, qaytib shuni takrorlamasligi kerakligini aytar edim.

    Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

    Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

    Takrorlasa, qattiq urishar edim, chunki har bitta narsani, jurnalistikani, teleboshlovchilikni, aktrisalikni ham o‘zining etika, estetikasi bor. Birpasda o‘tlab ketish kerak emas, me’yorni bilish, undan chiqib ketmaslik kerak. Men shu narsaga qattiq turganman, mayli, vaqti kelsa mening tanqidchiligimdan bezor bo‘lgandir, mensiz ishlashni xohlab qolgan paytlari ham, mening qo‘limdan chiqib ketishni istagan vaqtlari ham ko‘p bo‘ldi. Men qo‘yib yuborib ham ko‘rdim, lekin aylanib qaytib keldi”, — deydi aktrisa.

    Aktrisa bir muddat Azamat Ahrorov sabab qizi bilan gaplashmay qo‘ygani, kuyovi Marat bilan gaplashish uchun Moskvaga borgani haqida

    “Bu piar emas edi, Azamat Ahrorov haqiqatan ham Shahzodaning qo‘lini so‘ragan edi. Ochig‘ini aytaman, men bu masalaga boshidan yo‘q deb turib olganman, hattoki Shahzoda bilan qarama-qarshi bo‘lib, ancha vaqt gaplashmaganmiz. O‘g‘lim ham, men ham norozi bo‘lganmiz, faqat qaynonam, hoji ona Shahzodaga yon bosgan. Uni bo‘ynimga olaman, chunki onaning duosisiz sen turmush qura olarmikansan, deganman. Meni norozi qilib, bu bola bilan turmush qura olmaysan, turmush qurganing bilan uzoqqa bora olmaysan, dedim.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    U sening insoning emas, deb aytganman. Onaning yuragi his qiladi, ichidan biladi, men ham Shahzodaning insoni kim ekanini sezganman. Kuyovim Maratjondan taklif bo‘lganda, avvaliga to‘gri, yo‘q deganman, keyin Moskvaga borib, yaxshilab gaplashganman. Uning gap-so‘zini olganimdan keyin Shahzodaga mana shu sening insoning, deganman. Shu inson seni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, san’atingga nuqta qo‘ymaydi, buni tushunadi, sababi u baribir zamonaviy, tushunadigan inson deganman, xullas, bir ko‘rishda kuyovim bilan gap-so‘zimiz bir-biriga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Gulmira Muhammedova.

    Gulmira Muhammedovaning kuyovi Shahzoda Muhammedovaga boyligi uchun uylanganmi?

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Ochig‘ini aytaman, kuyovim Shahzodaning puli uchun uylangan degan fikrga qo‘shila olmayman. Kuyovim o‘ziga yarasha puli, biznesi, qobiliyati bor inson, shuning uchun ham kuyov sifatida tanlaganman. Shahzoda ham boshidan men o‘zimdan kuchli, aqlli inson bilan turmush quraman, degan, menda ham shu fikr bo‘lgan. Endi shunaqa o‘tish davri bo‘ldi, Moskvani tashlab, O‘zbekistonga kelgan insonni qo‘llab-quvvatlash kerak edi, albatta, qo‘lladik. Hamma biznesimni kuyovimga berib, mard bo‘lib, o‘yindan chiqib ketdim. Qizimni berdimmi, qizimga qo‘shib uning hamma biznesini ham berdim. Men 50 yoshga kirganimda hammasini boshidan boshlay olishimga ishondim”, — deydi aktrisa.

    Vaqti kelib Shahzoda Muhammedova san’atni tark etaman desa, bunga aktrisa qanday munosabat bildiradi?

    Foto: Instagram/ @shaxzoda__muxammedova

    Foto: Instagram/ @shaxzoda__muxammedova

    “U menga turmush o‘rtog‘im yo‘q deyapti, san’atni tark etaman desa, mayli, deyman, oila bu muqaddas narsa va o‘rtada farzand bor. Shu turmush o‘rtog‘iga yoqmayaptimi, nuqta qo‘yilishi kerak bo‘lsa, qo‘yiladi. Beva bo‘lish oson emas, uni chidaganga chiqargan. Ko‘chada yurishning o‘zi oson emas, uning uchun o‘zingizga ishongan bo‘lishingiz kerak. Hozir yoshim 50 ga chiqqan bo‘lsa ham, ortimdan pichoq uradigan insonlar ham topilyapti, birinchi bo‘lib o‘z insonlarim shu ishni qilyapti. Mevali daraxtga tosh otiladi, deb bekorga aytishmagan. Bir paytlar o‘sha insonlar yiqilsa, turg‘izib qo‘yganman, vaqti kelsa sinsa, singan joyini tuzatganman. Kutilmagan vaqtda eng yaqin insonlar o‘zini sizga raqib deb bilar ekan. Buni hayotdagi tajribamdan kelib chiqib gapiryapman”, — deydi Gulmira Muhammedova.

    Shahzoda onasidan minnatdormi?

    Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

    Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

    “U hozir mendan minnatdor emas, chunki hali yulduzlik osmonida uchib yuribdi. U hozir tan olmaydi buni. U qachonki onasining qadamlariga zor bo‘lsa, tan oladi bu narsani”, — deydi Gulmira Muhammedova.

    21.08.2022, 17:52   Izoh (0)   65553
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivudning 700 ming dollar gonoraridan voz kechgan, Aziz Rametovning sevgisini rad etgan, syomka jarayonida bir o‘limdan qolgan Sitora Farmonova 38 yoshda (foto)...

    21.08.2022, 13:55

    Ko‘plab filmlarda birga rol ijro etib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan aktyorlar juftliklari (foto)

    20.08.2022, 19:48

    20 mingdan 250 ming dollargacha — Gollivud yulduzlarining eng qimmat va zamonaviy sumkalari (foto)

    20.08.2022, 11:47

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Muqaddas Xoliqova, fonogramma “uyaltirib qo‘ygan” Botir Qodirov, “kasbini o‘zgartirgan” Muqaddas Sa’dullayeva

    19.08.2022, 22:06

    “Baron-2. Sog‘inch”. Rustam Sa’diyevning sog‘lig‘ini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan filmning yopiq taqdimotidan reportaj (foto va video)

    19.08.2022, 20:11

    Dili.me, Liil Xurramov, Azoda va o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan boshqa blogerlar (video)

    19.08.2022, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.