• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Gollivudning 700 ming dollar gonoraridan voz kechgan, Aziz Rametovning sevgisini rad etgan, syomka jarayonida bir o‘limdan qolgan Sitora Farmonova 38 yoshda (foto)

    Latofatli aktrisa, nafaqat o‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, balki chet el kinofilmlarida suratga tushib, muvaffaqiyatga erishgan, “Mening akam bo‘ydoq”, “Orzudagi ayol”, “Makrli dunyo”, “So‘nggi istak” kinokartinalaridagi roli bilan muxlislarning qalbidan joy olgan Sitora Farmonova 20-avgust kuni 38 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Daryo” nashri aktrisaning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi. 

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Dizaynerlikda tahsil olib, aktrisalikda muvaffaqiyatga erishgan yulduz

    Latofatli aktrisa Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tug‘ilgan. U oilada uch nafar farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan, ya’ni aktrisaning ukasi va singlisi bor. Sitora Farmonova 13 yoshida oilasi bilan Toshkent shahriga ko‘chib o‘tgan. U dastlab dizayner bo‘lishni orzu qilib, shu sohada tahsil oladi, biroq keyinchalik fikrini o‘zgartirib, aktrisa bo‘lish orzusida Toshkent davlat san’at va madaniyat institutida tahsil oladi.

    Foto: Instargam /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instargam /@sitorafarmonovaofficial

    Epizod roli bilan kino olamiga kirib kelgan

    Aktrisa kino olamidagi faoliyatini “Ayol zoti” serialidagi epizod roli bilan boshlagan va 16 yoshida ilk bor klipda suratga tushgan. Sitora Farmonova 2004-yilda “Xavfli burilish” kinokartinasida rol ijro etdi va ushbu filmdagi roli orqali tomoshabinlarning qalbidan joy egalladi. Shundan keyin aktrisa “Kelgindi qaynona”, “Uchinchi tilak”, Qasd”, “Makrli dunyo”, “Qadrdonlar”, “Dinozavr qoldirgan iz” kabi filmlarda suratga tushdi.

    Syomkada bir o‘limdan qolgan aktrisa

    Aktrisaning rollari nafaqat o‘zbek rejissorlarining, balki qozoq va qirg‘iz kinoijodkorlarining ham e’tiboriga tushadi. Sitora Farmonova nemis rejissori Veyit Helmerning 2011-yilda suratga olingan “Baykonur” filmida yiqilib tushib, og‘ir jarohat olgan. Bu rol sabab aktrisaning bo‘yni yirtilib, ochilib qolgan. Rol unga katta muvaffaqiyat ketirgan, biroq Sitora Farmonova shu sabab bir o‘limdan qolgan. Shundan keyin aktrisa 2013-yil Qirg‘izistonda suratga olingan “Yotoqxona” serialida ham rol o‘ynagan. Serial muxlislar tomonidan yaxshi kutib olingan va aktrisa Qirg‘izistonda ham shuhrat qozongan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Xonandalikda va qiziqchilikda o‘zini sinab ko‘rgan

    Sitora Farmonova aktrisalikdan tashqari o‘zini qiziqchilik va xonandalik yo‘nalishida sinab ko‘rgan. Uning xonanda Mirjalol bilan birga ijro etgan “Bahor-kuz” nomli taronasi muxlislar va tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Shundan keyin aktrisa “Ayt”, “Chamanda gul” taronalarini ijro etgan. U chet el xonandasi bilan ham duet kuylagan, qirg‘izistonlik Mirbek Atabekov ijro etgan “Ikki yurak” taronasi “Yotoqxona” serialining saundtrekiga aylangan. Aktrisa 2015-yildan boshlab “Aziya Miks” nomli jamoa a’zosi sifatida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovida ishtirok etadi. Jamoa turli mamlakat fuqarolari: tojikistonlik, o‘zbekistonlik, qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik o‘yinchilardan iborat.

    Tanqidlar ostida qolgan va san’atda qiyinchiliklarga duch kelgan aktrisa 

    Sitora Farmonova  2016-yilda, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovidan so‘ng “O‘zbeknavo” tomonidan beriladigan litsenziyasidan mahrum qilingan. Bunga esa aktrisaning xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktrisaning tanlovda chiqishi ko‘plab tanqidlarga uchragan. Keyinchalik aktrisa bu holatga munosabat bildirib, litsenziyasi olib qo‘yilganini bilmaganini, yana litsenziya olishi haqida gapirgan.

    Sitora Farmonova qiymati 700 ming dollarga teng Gollivud kinofilmida suratga tushishni rad etgan 

    Aktrisa 2008-yilda Gollivuddan tushgan loyiha taklifini rad etgan. Sony Intertainment Productions tomonidan suratga olinayotgan serial ikki yillik shartnomani o‘z ichiga olgan va loyiha kontrakti 700 ming dollarga teng bo‘lgan. U o‘sha paytda 24 yoshda bo‘lgani, serialning 50-qismidan keyingi nojo‘ya sahnalar uchun loyihani rad etganini aytgan. Aktrisa uchun pul emas, odob-axloq, hayo, or-nomus birinchi o‘rinda turishini ta’kidlagan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Shaxsiy hayoti va oilasi haqidagi ma’lumotni sir saqlovchi aktrisa 

    O‘zbek-shou biznesining ayrim vakillari singari Sitora Farmonova ham shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir saqlashni to‘g‘ri deb biladi. Aktrisa ba’zida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga onasi va ukasi bilan tushgan suratlarini joylab turadi. Bundan tashqari, u nima sababdan haligacha turmush qurmaganining sababini so‘ragan muxlislariga bu shaxsiy masala ekanini, umuman olganda, muxlislaridan shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘ramasligini va bu holatni to‘g‘ri tushunish kerakligini ta’kidlagan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Sitora Farmonova nima sababdan shu vaqtga qadar turmush qurmagani haqida 

    Aktrisa shu vaqtga qadar nima sababdan turmush qurmagani haqidagi savolga “Hayotimda go‘zalligim va ijodimni baholamasdan, meni tushuna oladigan, borimcha qabul qila oladigan insonni hali uchratmaganman, balki shu sabab bo‘layotgandir”, — deya javob bergan. Bundan tashqari, u shaxsiy hayoti bilan tarqalgan mish-mishlarga javob qaytarmasligi haqida ham gapirgan. Aktrisaga o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari turmush qurishni taklif qilgan, biroq Sitora Farmonova ularning barchasini rad etgan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Aziz Rametovning turmush qurish taklifini rad etgan, biroq o‘zidan 15 yosh kichik bloger Doniyor Qayumov bilan piar qilgan

    Aktrisaning onasi  Zamira Farmonova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” loyihasi mehmoni bo‘lgan va ko‘rsatuvda Zamira Farmonova taniqli aktyor Aziz Rametov qizining qo‘lini so‘ragani haqida so‘zlab bergan.

    “Aziz Rametov bir necha marta qizimga uylanish niyati borligini aytgan. Onajon, xo‘p deng, qizingizga uylanaman, sovchi yuboraman, u bilan necha yildan beri bir-birimizni taniymiz, xarakterimizni bilamiz, degan. Lekin taqdir ekan. Allohim bularning yulduzlarini bir-biriga o‘xshatmadi. Aziz Rametov juda yaxshi bola, uning onasini taniyman, juda yaxshi inson”, — degan edi Zamira Farmonova.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Sitora Farmonova 2020-yilda o‘zidan 15 yosh kichik bloger Doniyor Qayumov bilan yaqin munosabatda ekani va ularning turmush qurishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga esa Doniyor Qayumov va Sitora Farmonovaning birgalikda suratga tushgan rasmlari va videolari sabab bo‘lgan. Oradan bir oy o‘tib bloger Sitora Farmonova bilan munosabatlari tugaganini, bu esa aktrisa gap-so‘zlarga ishongani tufayli bo‘lganini ta’kidlagan. Vaqt o‘tib ularning ikkalasi ham sahifasidan birga tushgan surat va videolarini o‘chirib tashlagan.

    Kliplardagi bir-birini takrorlamaydigan ijrolar

    Aktrisa san’at olamidagi faoliyati davomida ko‘plab xonandalarning klipida suratga tushgan. Shohruxxonning “Oddiy bola”, “Salom sevgi”, Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir”, “Dil” va bundan tashqari ko‘plab kliplarda turli xil obrazlarni gavdalantirgan.

    Mavzuga doir:

    • Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova. Chet el kinofilmlarida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlari (video).
    • Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Sitora Farmonova, Otabek Mutalxo‘jayevning otasiga qimmatbaho sovg‘asi, kinoga qaytayotgan Zarina Nizomiddinova.
    • Instagram: Otabek Mirzaxolov yangi mashina xarid qildi, Sitora Farmonova qanday insonga turmushga chiqadi? Nuriddin Hamroqulov xonadonida to‘y.
    • Instagram: Jahongir Otajonovning Prezident bilan uchrashgan qiyofadoshi, tug‘ilgan kunini nishonlagan Sitora Farmonova, Sevinchdan ajabtovur raqs.

    21.08.2022, 13:55   Izoh (0)   61648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ko‘plab filmlarda birga rol ijro etib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan aktyorlar juftliklari (foto)

    20.08.2022, 19:48

    20 mingdan 250 ming dollargacha — Gollivud yulduzlarining eng qimmat va zamonaviy sumkalari (foto)

    20.08.2022, 11:47

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Muqaddas Xoliqova, fonogramma “uyaltirib qo‘ygan” Botir Qodirov, “kasbini o‘zgartirgan” Muqaddas Sa’dullayeva

    19.08.2022, 22:06

    “Baron-2. Sog‘inch”. Rustam Sa’diyevning sog‘lig‘ini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan filmning yopiq taqdimotidan reportaj (foto va video)

    19.08.2022, 20:11

    Dili.me, Liil Xurramov, Azoda va o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan boshqa blogerlar (video)

    19.08.2022, 18:50

    Nomusga tegish, bosqinchilik hamda boshqa ayblovlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    19.08.2022, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.