• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Baron-2. Sog‘inch”. Rustam Sa’diyevning sog‘lig‘ini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan filmning yopiq taqdimotidan reportaj (foto va video)

    Rejissor Rustam Sa’diyev 2019-yili “Baron 2” filmining ilk tizerini namoyish etgan edi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan film pandemiya sabab to‘xtab qolgandi. Nihoyat ijodkorlar kutgan kun yaqinlashdi. “Baron-2. Sog‘inch” filmining asosiy taqdimoti 15-sentabr kuni Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda suratga tushgan xorij kinoijodkorlari ham tashrif buyurib, tomoshabinlar bilan muloqotda bo‘lishadi.

    Undan avval esa rejissor Rustam Sa’diyev ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun yopiq premyera o‘tkazishni istadi. “Daryo” muxbirlari ham yopiq taqdimotda ishtirok etib, film ijodkorlari bilan suhbatda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Baron-2. Sog‘inch” badiiy filmi terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi o‘tkir sujetli drama bo‘lib, unda murakkab tryuklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qo‘poruvchilik epizodlari tasvirlanadi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Filmda nafaqat o‘zbek, balki Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Suriya, Misr, Rossiyaning aktyor va aktrisalar ham suratga tushgan. Farhod Mahmudov, Baxshillo Fatxullayev, G‘ayrat Boymirzayev, Yulduz Rajabova, Dilnoza Kubayeva, Elyor Mahkamov, Shahzoda Matchonova, Nurmuhammad Husniddinov, Sergey Astaxov, Viktoriya Tolstoganova, Viktor Verjbiskiy, Igor Lifanov, Konstantin Solovyov, Taukkel Mussilim, Amir Tairov, Kaan Urganjio‘g‘li, Sefa Zengin ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Kinematografiya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev ham yopiq premyerada ishtirok etib, jurnalistlarni yaqin kunlarda o‘tkaziladigan “Milliy kinofilmlar oyligi” va xalqaro kinofestival haqida ma’lumot berib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Premyeraga “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov boshlovchilik qildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Bu murakkab film. Uning tashkiliy ishlari uchun ham ancha vaqt sarfladik. Ruxsat olib, syomkalarni boshlaymiz deganimizda karantin boshlanib, chegaralar yopildi. Shu bois suratga olish ishlari bir yilga surildi. Ochig‘ini aytish kerak, bu film menga juda og‘ir keldi. Suratga olish ishlarining cho‘zilishi sabab sog‘lig‘imni ham yaxshigina yo‘qotdim. To‘g‘risi, filmning premyera qilinishiga ishonmay ham qo‘ygandim. Chunki filmga nisbatan ishonchsizlik ko‘p bo‘ldi. Kinematografiya agentligining badiiy kengashi ko‘pgina ko‘rsatmalar berib, filmni yanada sozlashdi. Avvaldan “Baron” filmi trilogiya bo‘lishini reja qilganman. Nasib qilsa, uning davomi ham bo‘ladi, — deydi rejissor Rustam Sa’diyev.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    To‘g‘risini aytsam, premyeradan umidimni ham uzib qo‘ygandim. Chunki film 4 yil deganda katta ekranga chiqdi. Filmda Viktoriya Tolstoganovaning ishtirokini ko‘rib juda sevindim. U eng yaxshi ko‘rgan aktrisalarimdan biri.

    Avvaliga rejissorga ozgina qaysarlik qildim. Chunki filmda yana asosiy qahramonning ayoli rolini ijro etdim. Epizodlarim ham u qadar ko‘p emas. Rustam akaga: “Qachon yana “bomba” bo‘ladigan rollarni berasiz?” dedim. Rustam aka “Bu rolni siz ijro etmasangiz bo‘lmaydi, baronning ayoli juda katta ahamiyatga ega”, deb sehrli kalomlarini ishga solganlaridan keyin qanday rozi bo‘lganimni ham bilmay qoldim, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.

    “Baron-2. Sog‘inch” filmini xalqaro miqyosda suratga olingan film deyish mumkin. Chunki undagi voqealar O‘zbekiston, Rossiya, Suriya va Shveysariya kabi mamlakatlarda suratga olingan. Kadrlarning rang-barangligi tomoshabinni sujet ichiga olib kiroladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Yuqorida aytib o‘tganimizdek, aktyorlar ham rang-barang. Masalan, Yulduz Rajabova ijro etgan Nargiza roliga qozog‘istonlik aktyor Taukkel Muslim mos partnyor sifatida tanlangan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Internetdagi tanishuv sabab Suriyadagi urush o‘chog‘iga borib qolgan o‘zbekistonlik Nargiza unga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan “kattakon”ga qo‘pol muomala qilgani uchun qamoqqa olinadi. Qozog‘istonlik Bulat uni qamoqxonada ko‘rib qoladi va onasining ham o‘zbek diyoridan ekanligi uchun qizga yordam bermoqchi bo‘ladi. U komandirdan qamoqdagi o‘zbek qiziga uylanish niyati borligini aytadi. Ammo bu qaror Nargizaga yoqmaydi. U nikoh o‘qilgach, yigitni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Ammo yigit unga shunchaki yordam berish niyatida ekanligini aytadi. Avvaliga unga dushmandek qaragan Nargiza asta-sekin yigitga ko‘ngil qo‘yadi. Bulat obrazi orqali rejissor oilaparvar, mard yigit rolini ishonarli ochib berolgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Milliy o‘zbek filmida xorij aktyorlari suratga tushdi? Bu savol ba’zi tomoshabinlarni o‘ylantirishi aniq. Nazarimizda, rejissor avvaldan xalqaro film suratga olishni rejalashtirgan. Ya’ni davlat buyurtmasiga olingan film bir necha oy kinosaroyda namoyish etilish bilan cheklanmaydi. Taukkel Mussilim sabab u qozog‘istonlikda, Kaan Urganjio‘g‘li sabab turklarda yoki Viktoriya Tolstoganova orqali rus tomoshabinning e’tiboriga tushadi, degan umiddamiz.

    Sir emas, davlat buyurtmasiga ko‘ra juda ko‘p filmlar suratga olinadi. Afsuski, ularning hammasi ham o‘zini oqlamaydi. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, “Baron-2. Sog‘inch” filmi sabab tomoshabinlarning kinosaroyga kelishi sezilarli darajada ortadi. Chunki, kartina uzoq kutilganida ham tomoshabinlarning yodidan chiqqani yo‘q.

    Farhod Mahmudov iste’dodli aktyor, uning ijrosidagi vatanparvar Baron roli ishonarli chiqqan. Har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan maxsus xizmat xodimi roli tomoshabin e’tiborini tortoladi. Ba’zi filmlardagi kabi uning vatanga bo‘lgan muhabbati uzundan-uzoq monologlarga qurilmagani ham quvonarli hol.

    Film haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo bu uni bir marta ko‘rish zavqini bermaydi. Ishoning, “Baron-2. Sog‘inch” filmi kinoteatrga borish uchun yaxshi tanlov bo‘la oladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

     

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Film premyerasi 18-avgustdan boshlab nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada ham namoyish etiladi. Shu bois u rus tilida ham dublyaj qilindi. Film saundtrekini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova ijro etdi.

    Mavzuga doir:

    • Rustam Sa’diyev 85 foiz rollar jahon kinoyulduzlari tomonidan ijro etilgan “Baron 2” filmi qachon premyera qilinishi haqida (video)
    • “90 foizi bir tiyinga qimmat”. Rejissor Rustam Sa’diyev hozirgi o‘zbek seriallari haqida (video)
    • Kaan Urganjio‘g‘li, Satoko Akio, Pavel Priluchniy va o‘zbek filmlarida suratga tushgan boshqa xorijiy aktyorlar (foto, video)

    19.08.2022, 20:11   Izoh (0)   33315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dili.me, Liil Xurramov, Azoda va o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan boshqa blogerlar (video)

    19.08.2022, 18:50

    Nomusga tegish, bosqinchilik hamda boshqa ayblovlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    19.08.2022, 16:25

    “Kalmar o‘yini” seriali rejissori ikkinchi mavsum tafsilotlarini ma’lum qildi

    19.08.2022, 14:35

    Anjelina Joli bundan bir necha yil avval Bred Pittni zo‘ravonlikda ayblagani ma’lum bo‘ldi

    19.08.2022, 12:39

    Leonid Gayday rejissorligidagi mashhur komediya —“Kavkaz asirasi” yulduzlarining taqdiri qanday kechdi?

    19.08.2022, 10:38

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonida to‘y, Feruza Normatovaning jahli chiqdi, Malika Ravshanova Shahzoda Muhammedovani yig‘latdi

    18.08.2022, 22:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.