“Chelsi” Tomas Tuxel bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashirmoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, tomonlar shartnomani uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Muzokaralar ijobiy davom etmoqda, har ikkala tomon ham bitim uzaytirilishidan xursand.
Nemis mutaxassisining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Tuxel 2021-yil yanvar oyidan buyon “Chelsi”ni boshqarib keladi. Shu vaqt davomida jamoa Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)