Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 650 ming dollar bo‘lgan onlayn chempionat bo‘lib o‘tmoqda.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Adbusattorov dastlabki bosqichda rossiyalik shaxmatchi Dmitriy Andreykin ustidan 1,5:0,5 hisobida ustun keldi.
Chorak finalda yana bir Rossiya vakili Vladimir Fedoseyev o‘zbekistonlikka raqib bo‘ldi. Unda Nodirbek 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Abdusattorov mag‘lubiyatga uchragan shaxmatchilar setkasida g‘olib bo‘lish uchun kurash olib boradi. Undagi g‘oliblik grand finalda ishtirok etish huquqini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Uning yetakchiligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamosi 2022-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)