• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    40 dan ortiq mamlakat Moskvani Zaporojye AES ustidan nazoratni Kiyevga qaytarishga chaqirdi

    Kiyev Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning xalqaro konvensiyalari va standartlariga muvofiq o‘zining yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha majburiyatlarini bajara olishi uchun Rossiya Zaporojye AESni Ukraina nazorati ostiga berishi kerak. Bu haqda Yevroittifoqning Venada joylashgan, xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonasi saytida e’lon qilingan 42 ta mamlakat bayonotida aytiladi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    “Biz Rossiya Federatsiyasini o‘z qurolli kuchlari va boshqa vakolatsiz xodimlarining barchasini Zaporojye AES, unga yaqin hududlar va butun Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqiramiz, toki operator va Ukraina hukumati xalqaro tan olingan chegaralarda o‘z suveren majburiyatlarini qayta tiklay olsin”, — deyiladi xabarda.

    Bayonot 42 ta mamlakat nomidan berilgan bo‘lib, ularning 27 tasini Yevroittifoqqa a’zo davlatlar, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Norvegiya, Turkiya, Gruziya, Janubiy Koreya, Yaponiya Avstraliya va boshqalar tashkil qiladi.

    Imzo qo‘ygan mamlakatlar ta’kidlashicha, AES Rossiya nazorati ostida qolar ekan, bu xavf tug‘diradi, xususan, uning hududiga harbiylar va qurol-yarog‘lar joylashtirilgani tufayli.

    Bundan tashqari, bayonotda aytilishicha, stansiya ustidan nazorat Ukrainaga berilganidan keyin, MAGATE “xavfsiz va ishonchli sharoitlarda hamda o‘z vaqtida” AESni tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

    Zaporojye AES — Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi. U Energodar shahrida joylashgan. 28-fevral kuni, Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan keyin to‘rt kun o‘tib, Rossiya Mudofaa vazirligi Zaporojye AES hududi nazorat ostiga olinganini ma’lum qilgandi.

    Iyul-avgustda stansiya hududi bir necha marta zarbalarga uchragan, xususan, 7-avgust kuni Energodar harbiy-fuqarolik ma’muriyati Ukraina qo‘shinlari tunda Zaporojye AESga “Uragan” baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari bilan zarbalar berganini ma’lum qildi. Moskva hujumlarni Kiyev amalga oshirayotganini da’vo qilmoqda, Kiyev esa zarbalarda Moskvani ayblamoqda. AES yaqiniga so‘nggi marta, rossiyaparast hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 13-avgust kuni berilgan.

    Avvalroq Rossiya hukumati Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbariyatiga delegatsiyaning AESga tashrifini tashkillashtirishda yordam berishga tayyorligini bildirgan edi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish MAGATE inspektorlariga elektr stansiyasiga kirish imkoniyatini berishga chaqirgan va unga berilgan zarbalarni “o‘z joniga qasd qilish” deb atagan edi. Ayni vaqtda Rossiya TIV BMT kotibiyatini tashrifga to‘sqinlik qilishda ayblamoqda (MAGATE BMT rahbarligi ostida ishlaydi).

    Rossiya tomoni Zaporojye AESning Ukraina tomonidan davomli o‘qqa tutilishi global texnogen halokatga olib kelishi mumkinligi, stansiya xavf ostida turgani haqida ogohlantirdi va AES o‘qqa tutilishi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazishni talab qildi.

    11-avgust kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi BMT Xavfsizlik kengashining Zaporojye atom elektr stansiyasidagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida nutq so‘zlayotib, hozir jangovar harakatlar tufayli yadroviy xavfsizlikka bevosita tahdid yo‘qligini ma’lum qildi.

    MAGATE rahbari so‘zlariga ko‘ra, tashkilot atom stansiyasi holati haqida Ukraina tomonidan ham, Rossiya tomonidan ham ma’lumot olgan, ammo uning ta’kidlashicha, tashkilot ekspertlari vaziyatni baholay olishi uchun yadro obyektiga o‘zlari borib ko‘rishi kerak. Grossi missiyaga o‘zi rahbarlik qilishga tayyorligini bildirdi.

    Mavzuga doir:

    • AQSH Zaporojye AES atrofida qurolsizlantirilgan hudud yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi
    • Rossiya va Ukraina Zaporojye AES o‘qqa tutilishida bir-birini ayblamoqda
    • MAGATE rahbari Zaporojye atom elektr stansiyasi hududini o‘qqa tutmaslikka chaqirdi

    15.08.2022, 11:44   Izoh (0)   15870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning qurollangan tarafdorlari FQB idorasi yaqinida to‘plandi

    15.08.2022, 11:08

    AQSHda noma’lum erkak Kapitoliy yaqinida o‘q uzib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

    15.08.2022, 10:40

    Misrda cherkovdagi yong‘in oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi — bolalar

    15.08.2022, 10:17

    Argentinada dinozavrlarning yakapil deb nomlangan yangi turi qoldiqlari topildi

    15.08.2022, 10:11

    AQSHda noyob Ford Mustang metallolom holatida topildi (foto)

    15.08.2022, 05:42

    Rossiya Davlat dumasi yozuvchi Rushdiyga qilingan hujumga izoh berdi

    15.08.2022, 04:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.