1972-yilda ishlab chiqarilgan noyob Ford Mustang Mach-1 AQSHdagi E-bay kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Autoevolution’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Foto: “Gazeta.ru”Pensilvaniyada sotiladigan noyob mashina odometrda 42 ming milyadan sal ko‘proq masofani bosib o‘tgan, ammo vaqt o‘tishi bilan mashinaga jiddiy zarar yetgan. Unda dvigatel va transmissiya yo‘q, korpusi esa korroziyadan qattiq shikastlangan.
Sotuvchining ta’kidlashicha, noyob Mustang restavratsiyaga muhtoj. Hozirda kimoshdi savdosida xaridorlar buning uchun 1 ming dollardan ko‘proq taklif qilishga tayyor.
Mavzuga doir: Italiyadagi daryodan Ikkinchi jahon urushiga tegishli bomba topildi
Izoh (0)