Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya va Ukraina Zaporojye atom elektr stansiyasini o‘qqa tutganlikda bir-birini ayblamoqda. Bu haqda BBC’ning rus xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, AESdagi vaziyat BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishida muhokama qilinadi. Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidagi vaziyat BMTni katta tashvishga solmoqda.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi bir necha haftadirki jahon hamjamiyatining e’tiborini mazkur holatga qaratishga harakat qilmoqda.

Zaporojye viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov stansiya Ukraina tomondan o‘qqa tutilgani haqida, “Ukraina Energoatom” kompaniyasi esa Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganini iddao qilmoqda.

Keyinroq ikki tomon ham atom elektr stansiyasi yaqinidagi radiatsiya darajasi me’yordan oshmaganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, stansiyaga jami besh marta zarba berilgan.

Rossiya tomoni Zaporojye AESning Ukraina tomonidan davomli o‘qqa tutilishi global texnogen halokatga olib kelishi mumkinligi, stansiya xavf ostida turgani haqida ogohlantirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda