Shifokorlar hozirda klinikada yotgan siyosatchi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga 17 xil tashxis qo‘ygan. Bu haqda uning ukasi Georgiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.
Mixail juda zaif ahvolda, so‘nggi ikki-uch kun ichida unga yana uchta tashxis qo‘yilgan, shu bois Gruziyada tuzalishining iloji bo‘lmayapti. Vaziyatni o‘rganish uchun xorijlik mutaxassislar kelishini kutmoqdamiz. Yoki tezroq chet el klinikasiga olib borishni tashkil qilish kerak. Adashmasam, unga 14 ta tashxis qo‘yilgan va oxirgi kunlarda yana uchtasi qo‘shilgan”, — deydi Georgiy jurnalistlarga.Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident aslida ancha vaqtdan beri umuman ovqat yemaydi, klinikaga kirganidan beri u 11 kilogrammga ozgan.
Saakashvili uzoq davom etgan ochlik e’lonidan so‘ng Tbilisidagi klinikalardan birida davolanmoqda.
Sobiq prezident 2021-yil 1-oktabrda Gruziyada hibsga olingan, unga nisbatan bir qancha jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Siyosatchi bankir Sandro Girgvliani o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishlari bo‘yicha sirtdan sudlangan. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan tashqari, u 2007-yil 7-noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatib yuborish, “Imedi” telekompaniyasining pogromi va davlat byudjeti mablag‘larini o‘g‘irlash ishlarida ayblanuvchi deb topilgan va bu ayblovlar hali ham sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Bosh vazir Irakliy Gariboshvili, Mixail Saakashvilini uzoq vaqt qamoqda qolishi hamda butun jazo muddatini o‘tashini ta’kidlagan.
Mavzuga doir: Saakashvilining ahvoli o‘limga yaqin bosqichda turibdi — shifokor
Izoh (0)